Hisobiy yuklamani korxona maydonining yuza birligiga to‘g‘ri keladigan solishtirma yuklama asosida aniqlash.
Iste’molchilar guruhi uchun hisobiy yuklama solishtirma quvvat bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi:
Px=PoF
Bu yerda, F - guruh iste’molchilari joylashgan maydon yuzasi, m2; Po - ishlab chiqarish maydonining 1 m2 ga to‘g‘ri keladigan solishtirma hisobiy quvvat, kVt/m2.
Quyidagi jadval turli sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish binolarida 1 m2 ga to‘g‘ri keladigan yuklamalarning taxminiy solishtirma zichligi ko‘rsatilgan.
2-jadval
Hisobiy quvvatni yuza birligiga to‘g‘ri keladigan solishtirma yuklama asosida hisoblash usulini kichik va o‘rta mashinasozlik zavodlari sexlarining universal tarmoqlari uchun foydalanish tavsiya etiladi. Bunday sexlarda ko‘p miqdordagi kichik quvvatli iste’molchilar ishlab chiqarish maydonlarida deyarli tekis taqsimlanadilar. Universal tarmoqlar texnologik jarayonlarni o‘zgarishi va qurilmalarning joylarini almashtirish talablariga javob beradi. Universal tarmoqlar magistral shina o‘tkazgichlar asosida bajariladi va ularning hisobiy yuklamalari yuqorida keltirilgan formula asosida, muayyan iste’molchilarning quvvatlarini hisobga olmagan holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |