Elektr texnikasi va elektr mashinasi
Magnitli kuchaytirgichlar
Download 0.51 Mb.
|
7B-18KEM Abdug\'aniyeva Shahzoda
Magnitli kuchaytirgichlar
Magnit kuchaytirgich - elektr signallarini kuchaytirish uchun moʻljallangan qurilma. Magnit kuchaytirgichda boshqariladigan elementlar ferromagnit oʻzakli induktivlik gʻaltaklari (qarang Induktivlik gʻaltagi) hisoblanadi. Ularda ikki oʻzgaruvchan magnit maydon mavjud boʻladi: biri — taʼminlash manbai chastotasida, ikkinchisi — kuchaytiriladigan signal chastotasida oʻzgaradi. Magnit kuchaytirgich lampali va tranzistorli kuchaytirgichlardan keskin farq qiladi. Magnit kuchaytirgich koʻproqoʻzgarmas tok yoki sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda ishlatiladi. Kuchaytiriladigan signallar chastotalari diapazonini yuqoriroq chastotalar tomonga kengaytirish uchun Magnit kuchaytirgich lampali, yarimoʻtkazgichli, elektr mashina kuchaytirgichlari va boshqa bilan birgalikda qoʻllaniladi. Magnit kuchaytirgich aniq oʻlchash asboblarida yirik agregatlar (prokat stanlari, ekskavatorlar va boshqalar) ni avtomatik boshqarish qurilmalari va boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Magnitli kuchaytirgich Magnitli signal kuchaytirgichlarning ishlash prinsipi,ferromagnit materiallar magnit to’yinishi xususiyatiga ega bo’lganligi sababli uning magnitlanish xarakteristikasi V=f(N) egri chiziqliligi va zanjirning induktiv qarshiligi XL katta diapazonda o’zgarishiga asoslanadi. Uning chiqishidagi nagruzka zanjirdagi magnitlovchi cho’lg’amlari Wn o’zgaruvchan tok manbai U ga ulanadi. Nagruzka qarshilgi Rn ning uchlarida kuchaytirgichdan chiquvchi signal kuchlanishi Uch=Rn In hosil bo’ladi. Kuchaytirgichga kiruvchi signal Uk yoki boshqaruvchi tok Ib cho’lg’am Wb da drossel to’yinishini o’zgartiruvchi magnit oqimi Fb hosil qiladi, natijada po’lat o’zakning singdiruvchpnligi va cho’lg’am Wn ning induktivligi L ni, shuningdek zanjirning induktiv qarshiligini Xn=ωL o’zgartiradi. Bu o’z navbatida chiqish signali Uch yoki Rn In ni o’zgartiradi. Shunday qilib, boshqaruvchi tok Ib ning kichik o’zgarishi nagruzka zanjiridagi tok In ni katta miqdorga o’zgartiradi. Signal kuchaytirgichda drossel xarakteristikasining to’g’ri chiziqli sohasidan effektiv foydalanish maqsadida chulg’am W0 ni ma’lum miqdorda o’zgarmas tok I0 bilan ta’minlab, ishchi nuqta M xarakteristikasining to’g’ri chiziqli qismi o’rtasida bo’lishiga erishiladi (5-rasm,b). Nagruzka zanjiridagi chulg’am Wn da hosil bo’ladigan asosiy magnit oqimi F-drosselning o’rta po’lat o’zagidan o’tmaydi. Magnitli signal kuchaytirgichning ishlash prinsipini nagruzka zanjiridan o’tadigan tok In formulasi orqali ham tushunish mumkin. In = I~= U~/√Rn 2 +( щL)2 (5) Bu erda Rn- nagruzka zanjirining to’la aktiv qarshiligi; ωL- nagruzka zanjiridagi chulg’amning Wn induktiv qarshiligi; L = (Wn2Sm)/I nagruzka zanjiridagi chulg’amning induktivligi, S va 1-drossel po’lat o’tkazgichning ko’ndalang kesimi va o’rtacha uzunligi; m -po’lat o’zakning magnit singdiruvchanligi. Magnitli kuchaytirgichning quvvat (R) bo’yicha kuchaytirish koeffisienti quyidagicha ifodalanadi: Kb=(∆Uch /∆Uk)(∆In /∆I)=∆Rn/∆Rb (6) Bu erda ∆Uch =∆In Rn chiqish signali, ∆Uk- kirish signali. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling