«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Qarshilik pechlarininng klassifikatsiyasi


Download 0.53 Mb.
bet10/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

2.1. Qarshilik pechlarininng klassifikatsiyasi

Elektr qarshilik pechlari mashinasozlik, metallurgiya, engil va kimyo sanoati, qurilish va kommunal xo‘jalikda keng qo‘llanilishi munosabati bilan ular turli xil konstruksiyaga ega. Ular turli ko‘rsatgichlariga ko‘ra turlarga bo‘linadi.

Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishi usuliga ko‘ra elektr qarshilik pechlari ikki toifaga bo‘linadi, ya’ni bilvosita ishlovchi elektr qarshilik pechlar va bevosita ishlovchi elektr qarshilik pechlar. Bilvosita ishlovchi elektr qarshilik pechlarda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga maxsus qizitish elementlarda aylantiriladi va issiqlik qizdirilayotgan mahsulotga issiqlik o‘tkazuchanlik, konveksiya va nurli issiqlik uzatish usullarida uzatiladi. Bevosita ishlovchi elektr qarshilik pechlarda esa qizdiriluvchi mahsulot bevosita elektr manbasiga ulanadi.

Haroratiga ko‘ra elektr qarshilik pechlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

- past harorat elektr qarshilik pechlari ( 900 - 1000 K ) ;

- o‘rta harorat elektr qarshilik pechlari ( 1000 - 1600 K ) ;

- yuqori harorat elektr qarshilik pechlari ( 1600 K dan yuqori ).

Texnologik belgilanishiga ko‘ra elektr qarshilik pechlar qizdiruvchi elektr qarshilik pechlarga va eritish jarayonlari elektr qarshilik pechlariga bo‘linadi.

Ish rejimiga ko‘ra esa elektr qarshilik pechlar davriy rejim elektr qarshilik pechlari va uzluksiz rejim elektr qarshilik pechlariga bo‘linadi.

O‘z navbatida esa davriy rejim elektr qarshilik pechlari toifasiga kamerali, shaxta, qolpoq tiplaridagi, tubi chiqariladigan, va elevator tipidagi elektr qarshilik pechlar kiradi. Uzluksiz rejim elektr qarshilik pechlari toifasiga esa konveer, turtkilab harakatlantiriluvchi, rolgang, karusel, tubi harakatlanuvchan, tubi tebranuvchan, baraban tiplaridagi va tortib qizdirish elektr qarshilik pechlari kiradi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling