«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan
Elektrotexnologik qurilmalarning kimyoviy holati
Download 0.53 Mb.
|
ЕТК маруза
1.2 Elektrotexnologik qurilmalarning kimyoviy holati.
Elektrotexnologiyaning tobora takomillashib borishi yuqori bikrlikga ega bo‘lgan katta miqdordagi issiqlikka bardosh beruvchi, kimyoviy reaksiyaning agressiv ta’siriga turg‘un bo‘lgan va kichik issiqlik o‘tkazuvchanlikga hamda yuqori darajadagi izolyasion xususiyatga ega bo‘lish kabi yangi xossalarga ega bo‘lgan yangi materiallar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Elektrotexnologik jarayonlar yordamida sifatli o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar uchun materiallar, shuningdek eski texnologiyalar yordamida ilgari olib bo‘lmagan va ishlab chiqish chiqindilaridan hamda ishlatib bo‘lmaydigan xomashyolardan turli materiallar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘plab sanoat tarmoqlari va fanda erishilgan yutuqlar elektrotexnologik jarayonlar rivojiga ko‘ra erishilmoqda. Elektrotexnologik jarayonlarni takomillashtirib borilishi natijalariga ko‘ra eng diqqatga sazovor bo‘lgan yutuqlar, ayniqsa mikroelektronika sohasida ko‘zga tashlanadi. Radiotexnik jihozlar, elektron hisoblash mashinalari hamda sanoatdagi boshqariluvchan komplekslar tarkibida yuz minglab, ayrim hollarda esa o‘nlab million elementlarni minglab tutashma bilan birlashtiruvchi tizimlar mavjud. Agarda mazkur tizimlar bundan 40 - 50 yil muqaddam foydalanilgan eski texnologiyalar yordamida yaratilganda edi, bunda yuqoridagi qurilmalar massalari o‘nlab tonnani, xajmlari o‘nlab kub metrni va iste’mol quvvatlari yuzlab kilovattni tashkil qilgan bo‘lar edi. Hozirgi kunda “yuzalarga plazmali ishlov” orqali yuzalarga qoplama yoki qatlam berishini joriy etilishi ionli - nurli legirlash, plazmali travlenie, lazerli payvandlash, fotolitografiya kabi ishlov berish usullaridan foydalanish, hamda elektrotexnologik qurilmalar yordamida olingan yangi materiallarni qo‘llash oqibatida tarkib jixatidan yangi bo‘lgan mikroelektron elementlar va jixozalar yaratilmoqda. elektron mikrosxemalarni konstruksiyalash va tayyorlashning yangi va sifatli usullari ishlab chiqildi. Bunda birgina texnologik jarayonning o‘zida mikronlarda o‘lchanuvchan hajmdagi yarim o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kristall yoki dielektrik yuzada barcha aktiv, passiv va tutashtiruvchi elementlar o‘zaro birlashtirilishi amalga oshiriladi. Mikrosxema tarkibiga kiruvchi elementlar (tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar, rezistorlar va boshqalar) xech qanday tashqi tutashmaga ega bo‘lmagan holda, mexanik kuchlar va tashki muhit ta’siridan sao‘lovchi umumiy germetik qoplamaga ega va yuzlab mikroelementlarni shunday tartibda o‘zida mujassamlashtirgan, yagona korpusga ega bo‘lgan mikrosxemalar o‘z navbatida koplekslar tarkibiga kiradi. SHu sababli mikrokalkulyator va mikrotelevizorlar bilan ta’minlangan mini - qo‘l soatlari, kichik gabaritli rangli televizorlar, katta eslash qobiliyatiga ega va yuqori tezlikda matematik amallarni bajaruvchi EHM lar biz uchun oddiy bir qurilmalar va jihozlarday bo‘lib qoldi. Sanoatning samolyotsozlik va avtomobilsozlik sohalarida kontaktli payvandlash usulini joriy etilishi, yig‘ish ishlarini yuqori darajada mexanizatsiyalashga va oqibatda transport vositalarini tezkor usulda tayyorlashga olib keldi. YUqori sifatli metallarni olishda elektroshlakli qayta eritish jarayonining tadbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etgan. Elektrotexnologik jarayonlar, ayniqsa yangi tavsiya etilayotgan elektrotexnologik jarayonlar juda qisqa muddat ichida laboratoriyalar sinovidan fanga, texnikaning turli yunalishlariga, uy ro‘zg‘or va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Bu ayniqsa elektr energiyasiz amalga oshiriluvchan yoki elektr energiyasidan foydalanish cheksiz katta foyda keltiruvchi jarayonlarga taaluo‘lidir. Fizika va elektrotexnikaning rivojlanishi elektr yoki magnit maydonida ishlov berayotgan modda yoki materiallarning shu maydonlar ta’siridagi xossalariga asoslangan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tavsiya etish imkonini bermoqda. Masalan, dielektriklar polyarizatsiyasi, elektromagnit induksiyasi qonuniyatlari asosida hozirgi kunda tayanch texnologik jarayonlardan hisoblangan, g‘ovak va kukun ko‘rinishdagi tok o‘tkazmaydigan materiallarni yuqori chastotali qurilmalarda quritish, induksion usulda materiallarni qizdirish va eritish kabi texnologik jarayonlar ishlab chiqilgan va keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Ma’lumki, moddalar to‘rt xil agregat xolatda bo‘lishlari mumkin - qattiq, suyuq, gaz va plazma xolatlarida. Qattiq xolatdagilar, bular-o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar, metallar va nometallar (metall emaslar), kristal va amorf moddalar. Suyuq xolatdagilar, bular - o‘tkazgichlar (metallar, tuzlar, ishqorlar va oksidlar eritmalari), dielektriklar (mineral va organik), maxsus ko‘rinishdagilar, bular - suyuq kristallar. Gaz xolatdagilar, bular - murakkab aktiv moddalar bo‘lib ular oddiy moddalar bilan birikkan holda keyinchalik kondensatsiya usuli bilan ajralib chiqadigan tayyor mahsulot hisoblanuvchi boshqa birikmalar hosil qiluvchi sistemalarni tashkil qiladi. Plazma xolatidagilar, bular - ionlar darajasidagi transport jarayonlari va almashuv reaksiyalarini ta’minlovchi elektr o‘tkazuvchan muhitlar bo‘lib, nurlanish energiya manbai sifatida va moddalar hamda aniq maxsulotlarni qizdirish vositasi hisoblanadi. Elektr va magnit maydonlari, maydon kuchlanganligi katta diapazonda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan, doimiy yoki vaqt va fazoda tez o‘zgaruvchan ko‘rinishlarda bo‘ladi. Agregat xolatining hoxlagan ma’lum bir turida bo‘lgan modda hamda elektr yoki magnit maydonlari yordamida juda ko‘p ko‘rinishdagi jarayonlarni bajarish mumkin, masalan, moddalar (materiallar) haroratini, formasini, tarkibini, tuzilishini, turli yo‘nalishlardagi xossalari va boshqa shu kabilarni o‘zgartirish mumkin. Ko‘plab texnologik jarayonlarni bajarish uchun mo‘ljallangan va individual tartibida yoki seriyali ishlab chiqarilayotgan elektrotexnologik qurilmalar o‘ziga xos tartibida sistemalashtirilgan. Ular, asosan turli sharoitlarda namoyon bo‘luvchi, elektr toki va magnit maydonining pirovard ta’siriga ko‘ra guruhlarga bo‘lingan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling