«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Download 0.53 Mb.
bet14/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

Rolgang tipidagi pech tubida yuqori haroratga bardosh beradigan roliklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular soat strelkasining aylanishiga teskari yo‘nalishda aylantiriladi. Mahsulot esa ushbu roliklar ustidagi harakati davomida belgilangan haroratgacha qizdiriladi.

Tortib qizdirish pechlarida lenta ko‘rinishdagi va to‘plarga mujassamlashtirilgan o‘tkazgichlar (simlar) bir barabandan ikkinchi barabanga pech kamerasi orqali tortib qizdirilishi natijasida issiqlik ishlovi beriladi.

Umuman uzluksiz rejimida issiqlik ishlovi beruvchi elektr qarshilik pechlar o‘zlarining yuqori ishlab chiqaruvchanligi bilan, issiqlik energiyasining nisbatan kam yo‘qotilishi bilan xarakterlanadilar.

Bilvosita issiqlik ishlovi berish elektr qarshilik pechlari umumiy holda quyidagi parametrlarga ega:

- pechlar quvvati 170 kVt dan 2 - 3 mVt gacha;

- ishchi harorati 1150 - 2500 S gacha;

- qizitish elementidagi kuchlanish 11 V dan 220 V gacha (bir elementga);

- massasi 9 tonnadan 195 tonnagacha;

Masalan: SLV - 16 markali tunnel tipidagi pech uchun:

- quvvati - 2000 kVt;

- bir elementdagi kuchlanish - 30 - 60 V ;

- maksimal ishchi harorat - 1455 S ;

- gabarit kattaliklari - (44000 x 11800x 7200) mm ;

- massasi - 195 tonna

Pech 3 ta ishchi zonaga ega bo‘lib, 2 ta qizdirish va 1 ta sovutish kamerasiga ega.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling