«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Download 0.53 Mb.
bet15/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

Nazorat savollari

1. Elektr qarshilik pechlari nechta toifaga bulinadi?

2. Elektr qarshilik pechlari nechta guruxga bulinadi?

3. “Kolpoq“ tipidagi pechning ishchi xarorati nechaga teng?

4. Davriy rejim elektr qarshilik pechlari toifasiga qaysilari kiradi?

5. Rolgang tipidagi pech



MAVZU -3

Elektrotermiya va issiqlik ishlovi berish usullari

REJA:

1. Elektrotermiyada elektr energiyasini issiklik energiyasiga aylanish usullari.

2. Elektrotermik qurilmalarida issiqlik uzatish usullari.

3. Nurli issiqlik almashuv usuli.

Tayanch so‘zlar va iboralar: Elektrotermiya, elektrotermik jarayonlar va qurilmalar, issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya, nurli issiqlik almashuvi, qarshilik usulida issiqlik ishlovi berish, induksion usul, dielektrik usul, elektr yoyi hisobiga issiqilik ishlovi berish.



3.1. Elektrotermiyada elektr energiyasini issiklik energiyasiga aylanish usullari.
“Elektrotermiya“ - tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, sanoatning turli sohalarida elektr energiyasini iste’mol qilgan holda issiqlik ishlovi beruvchi ko‘plab texnologik jarayonlarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Organik yoqilg‘i hisobiga issiqlik ishlovi berishga nisbatan elektr energiyasidan foydalanib issiqlik ishlovi berish jarayonlari qator afzalliklarga ega. Bular tashqi muhit ifloslanishining keskin kamayishi; haroratning aniq belgilangan qiymatlarini olish imkoniyati; aniq yo‘naltirilgan intensiv issiqlik oqimlarini xosil qilish imkoniyati; ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining miqdorini qat’iy nazorat qilish va aniq boshqarish imkoniyati; turli kimyoviy tarkibdagi gaz muhitlari va vakuumda issiqlik ishlovi berish imkoniyati; issiqlik ishlovi berilayotgan materialning o‘zida bevosita issiqlik energiyasi ajralib chiqishini ta’minlash imkoniyati; har qanday issiqlik ishlovi berish uchun belgilangan hajmda katta miqdordagi issiqlik energiyasi ajralib chiqishini ta’minlash va x.k.

Elektrotermiyada elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylanishini ta’minlovchi quyidagi usullarni qayd etish mumkin.

Qarshilik usulda issiqlik ishlovi berish o‘tkazuvchan materiallardan tok oqib o‘tish oqibatida issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan. Ushbu usul Djoul - Lens qonuniga asoslangan bo‘lib, bevosita va bilvosita issiqlik ishlovi berish qurilmalarida qo‘llaniladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling