«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Induksion tigel pechlarning afzalliklari va asosiy parametrlari


Download 0.53 Mb.
bet41/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

9.3. Induksion tigel pechlarning afzalliklari va asosiy parametrlari

Induksion tigel pechlar boshqa turdagi pechlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga egadirlar:

1) nisbatan osonlikcha yuqori haroratlar hosil qilish, buning oqibatida induksion tigel pechlar larda yuqori haroratda eruvchi metallarni va shuningdek, qiyin eruvchan metallar ishtirokida qorishmalarni eritish imkoniyati mavjud;

2) metall bilan yoqilg‘i (issiqlik manbai) yoki elektrodlar o‘rtasida hech qanday kontakt yo‘qligi sababli kimyoviy jihatdan tarkibi toza metall yoki qorishma olish imkoniyati;

3) eritish jarayonida hosil bo‘luvchi elektromagnit kuchlar ta’sirida eritmaning doimiy qorishib borishi ;

4) vakuum va neytral atmosferada eritish jarayonlarini amalga oshirish ;

5) Induksion tigel pechlar konstruksiyasining nisbatan soddaligi, pechni kichik maydonga joylashtirish imkoniyati, katta issiqlik energiyasi konsentratsiyasini hosil qilish evaziga katta ishlab chiqaruvchanligiga ega bo‘lish.

Hajmi 2,5 tonnaga teng yoki undan katta hajmdagi pechlar, chastotasi 50 Gs bo‘lgan manbaga, birlamchi kuchlanishi 6 yoki 10 kV bo‘lgan, ikkilamchi kuchlanishi esa yuklama ostida boshqariluvchan pasaytiruvchi transformator orqali ulanadi. Hajmi 2,5 tonnadan kichik bo‘lgan pechlar esa chastota o‘zgartirgichlar orqali manbaga ulanadi. Pechning quvvati uning sig‘imi va ishlab chiqaruvchanligiga bog‘liq. Induktordagi kuchlanish 500 - 1700 V ga teng.

Dastlabki qizdirish uchun mo‘ljallangan pechlar (mikser) ning quvvati pech quvvatiga nisbatan kichik bo‘ladi. Masalan, hajmi 10 tonna bo‘lgan mikser (ICHTM - 10 - cho‘yanni dastlabki qizdirish uchun belgilangan mikserli induksion tigel pechi) quvvati 750 kVt ni tashkil qilsa, hajmi 10 tonnalik cho‘yan eritish tigel pechi ICHT - 10 ning quvvati esa 2300 kVt ga teng. Po‘lat eritish uchun belgilangan induksion tigel pechlarning ishchi harorati 1600 - 1700 S, cho‘yan erituvchi pechlarda esa ishchi harorat 1400 - 1450 S ga teng.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling