10.3 O‘zgarmas tok elektr yoyi
O‘zgarmas tok elektr yoyining asosiy xarakteristikasi uning volt - amper xarakteristikasi . hisoblanib, u o‘zidan yoy kuchlanishi va toki o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
9-rasm
Elektr yoyi - ballast qarshilik - elektr manbasi tizimining volt-amper xarakteristikasi 9- rasmda keltirilgan.
Elektr yoyining uzoq muddatda barqaror (turg‘un, o‘chmay) yonishini ta’minlash uchun uning volt-amper xarakteristikasini elektr manbasining xarakteristikasi bilan uyg‘unlashtirish talab etiladi. Agar elektr yoyi cheksiz quvvatga ega bo‘lgan manbaga ulangan bo‘lsa, uning toki yoyning yonish sharoitiga ko‘ra belgilanib, to yoy v.a.x.si manbaning tashqi xarakteristikasi bilan kesishmaguncha ortib borishi mumkin yoki boshqacha aytganda yoy toki cheksizga qarab intiladi.
YOy tokining qiymatini cheklash maqsadida, yoy zanjiriga, unga ketma-ket qilib qarshilik ulanadi (9 - rasm). Bunda, cheklangan qiymatdagi quvvatga ega manbaning kuchlanishi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.
[V] (1)
bu erda
Ud - yoydagi kuchlanishi, V;
Id - yoy toki, A;
R - qarshilik, Om;
L - induktivlik, Gn.
(Uist-IdR) to‘g‘ri chizii v.a.x. ni A va V nuqtalarda kesib o‘tadi. Ushbu kuo‘talardagi toklar qiymati Ia va Ib larga to‘g‘ri keladi. V.a.x. ning A nuqtadan chap tomoni yoyni batamom o‘chirish zonasi, xarakteristikaning A va V nuqtalari o‘rtasidagi qismi - yoyning yonish zonasi va V nuqtadan o‘ngdagi qismi - yoy tokini cheklash zonasi hisoblanadi. YOy, tokning Ib qiymatidagina barqaror yonishi mumkin, A nuqtada tokning kichik qiymatga ega ekanligi sababli yoy beqaror yonadi, Ik - zanjirning qisqa tutashuvi xolatidagi tokini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |