«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Po‘lat eritish yoy pechlarning energetik xarakteristikalari


Download 0.53 Mb.
bet53/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

13.1. Po‘lat eritish yoy pechlarning energetik xarakteristikalari
Pechdan, xususan elektrodlar zanjiridan oqayotgan tok kuchining miqdoriga ko‘ra po‘lat eritish yoy pechlarini quyidagi ish rejimlarida ishlaydi deb yuritiladi:

a) salt yurish rejimi (elektr yoyi mavjud emas, I = 0)

b) normal (nominal) ish rejimi (I = I nom);

v) eksplutatsion qisqa tutashuv rejimi (I = I q.t.).

Pechning to‘la quvvati Rto‘la, yoyda sarf bo‘layotgan quvvati Ryoy, yo‘qolayotgan ( bexuda sarf bo‘layotgan) elektr quvvati Rel.y., yo‘qolayotgan issiqlik quvvati Riss.y, pechning foydali ish koeffitsienti  va pechning quvvat koeffitsienti cos kabi kattaliklari bilan pech toki o‘rtasidagi bog‘lanish xarakteristikalari po‘lat eritish yoy pechlarning energetik xarakteristikalari deb yuritiladi (ya’ni energetik xarakteristikalarni ifodalovchi bog‘lanishlar - Rto‘la = f(I); Ryoy = f(I); R.el.y = f(I); Riss.y. = f(I);  = f(I); va sos  = f (I) lardir).

Po‘lat eritish yoy pech tomonidan sarf bo‘layotgan elektr energiyasi N, pechning ishlab chiqaruvchanligi q, pechning to‘la foydali ish koeffitsienti p va 1 tonna mahsulotni eritish uchun ketgan vaqt t kabi kattaliklar bilan pech toki o‘rtasidagi bog‘lanish xarakteristikalari pechning texnologik yoki ishchi xarakteristikalari deb yuritiladi (ishchi xarakteristikalar – N=f(I); q=f(I); p=f(I); va t=f(I); - bog‘lanishlar bilan ifodalanadi).

Pechning energetik va ishchi xarakteristikalarini tahlil qilish orqaligina, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha optimal ish rejimini belgilovchi tok qiymatini belgilash mumkin. Ushbu xarakteristikalarni po‘lat eritish yoy pechning almashtirish sxemasi yordamida nazariy hisoblab chiqiladi (15 - rasm). Almashtirish sxemasida pech elektr zanjirining elementlari mos ravishda induktiv va aktiv qarshiliklar bilan almashtiriladi, elektr yoyi esa aktiv qarshilik sifatida qabul qilinadi.

15 - rasmda quyidagi belgilashlar amalga oshirilgan:



15 - rasm. Po‘lat eritish yoy pechning almashtirish sxemasi.




- transformator ikkilamchi chulg‘amining aktiv va induktiv qarshiligi:

- mos ravishda qisqa tarmoqning aktiv va induktiv qarshiligi;

- elektr yoyining qarshiligi;



- reaktor aktiv va induktiv qarshiliklarining keltirilgan qiymatlari;

- transforomator birlamchi chulg‘ami aktiv va induktiv qarshiliklarining keltirilgan qiymatlari;

- manbadagi faza kuchlanishi;

- elektr yoyidagi kuchlanish.
Almashtirish sxemasini tuzishda qarshiliklarni keltirilgan qiymatlari quyidagi tartibda aniqlanadi. Transformatorning ikkilamchi zanjiriga keltirilgan va haqiqiy zanjirlardagi yo‘qolayotgan quvvat bir-biriga teng bo‘lishidan kelib chiqib, misol uchun r1 quyidagi tenglamadan topiladi:

(1) dan

(2)

bu erda - transformatsiyalash koeffitsienti.

SHunday qilib, qiymatini aniqlash uchun r1 qiymatini transformatsiyalash koeffitsienti kvadratiga teskari proporsional ravishda o‘zgartirish talab qilinadi. Xuddi shunday tartibda va qiymatlari aniqlanadi. Zanjirning to‘la qarshiligi almashtirish sxemasidan, tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aniqlanadi (15,b rasmda to‘la qarshiliklar orqali ifodalangan almashtirish sxemasi keltirilgan). qisqa tutashuv tokining transformator ikilamchi chulg‘amiga keltirilgan () qiymati quyidagicha aniqlanadi:

(3)

Po‘lat eritish yoy pechlarning energetik xarakteristikalari quyida keltirilgan tenglamalar yordamida aniqlanadi va ularga asosan quriladi.

Piss.y= (4)

Pfoyda= (5)

Ptula= Pfoyda= Piss.y= (6)

(7)

(8)

(9)



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling