Elevator tipidagi pech tubi ochiq qo‘zg‘almas kamera va pastga tushiriladigan qismga (tubga) ega. Kamera silindr yoki to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, 3-4 m balandlikka ega bo‘lgan ustunlarga o‘rnatilgan. Pechning tubi gidravlik yoki elektromexanik ko‘tarish qurilmasi yordamida tushiriladi va yangi mahsulot yuklangach, kameragacha ko‘tariladi. Pechning ishchi harorati 700, 1000, 1250 oS ni tashkil qiladi, quvvati 600 kVt ni tashkil etadi va o‘nlab tonna mahsulotga bir vaqtning o‘zida issiqlik ishlovi beradi.
Kamerali pechlar mahsulotni yuklab, tushirish eshikchasi yon tomondan bo‘lgan to‘g‘ri burchakli kameradan tashkil topgan bo‘lib, mahsulot asosan qo‘lda yuklab tushiriladi. Kamera tubi yuqori haroratga chidamli plita bo‘lib, unga kizitish elementlar o‘rnatilgan. Ishchi harorati 1000 - 1800 K, foydali ish koeffitsienti 65 - 70 % ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |