Elеktr toki. O’lchov birliklari. Zaryad


Metallarda tok kuchini nima tashiydi?


Download 354.24 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi354.24 Kb.
#1120404
1   2   3
Bog'liq
Fizika

Metallarda tok kuchini nima tashiydi? Modomiki, elektronlar metallarda erkin harakatlanar ekan, harakatlanayotgan elektronlar metallarda tok kuchi hosil qiladi. Metall atomlardagi musbat yadrolar bir nuqtada turadi va ular tok kuchi hosil qilmaydi. Elektronlar manfiy zaryadga ega boʻlishi va koʻplab elektr zanjirlarda deyarli barcha ishni qilishiga qaramasdan, biz hali ham musbat zaryadlar harakatlanadigan yoʻnalishda oqayotgan tok kuchini musbat deb olamiz.
Musbat zaryadlar ham tok kuchini tashiydimi? Ha. Bunga juda ham koʻp misollar bor. Masalan, shoʻr suvda tok ham musbat, ham manfiy zaryadlar yordamida hosil qilinadi. Agar biz odatiy osh tuzini suvga solsak, u juda ham yaxshi oʻtkazgichga aylanadi. Osh tuzi – bu natriy xlorid, NaCl. Tuz suvda parchalanadi va Na++start superscript, plus, end superscript va Cl−−start superscript, minus, end superscript ionlariga ajraladi. Ikkala ionga ham elektr maydon taʼsir qiladi va ular eritma boʻylab qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi. Bunday holatda tok kuchi erkin elektronlar bilan emas, harakatlanayotgan atomlar, yaʼni musbat va manfiy ionlar yordamida hosil qilinadi. Bizning tanamizda ham musbat, ham manfiy ionlar tok kuchini olib oʻtadi. Tok kuchining taʼrifi bu yerda ham oʻrinli: u vaqt birligida oqib oʻtgan zaryad miqdoriga teng.
Tok kuchi paydo boʻlishiga nima sabab boʻladi? Zaryadli zarralar elektr va magnit kuchlar taʼsirida harakatlanadi. Bu kuchlar elektr va magnit maydonlar sababli yuzaga keladi. Maydonlarni esa oʻz navbatida zaryadlarning harakati va joylashgan oʻrni hosil qiladi.
Tok kuchining tezligi qancha? Biz odatda tok kuchining tezligi haqida fikr yuritmaymiz. “Tok qanchalik tez oqyapti?” degan savolga javob topish murakkab fizik hodisalarni tushunishni talab qiladi. Tok kuchining tezligi odatdagidek metr taqsim sekund emas, balki zaryad taqsim sekundga teng. Koʻpincha biz “Qancha tok oqib oʻtyapti?” degan savolga javob beramiz.
Biz tok kuchi haqida qanday fikr yuritamiz? Tok kuchi muhokama qilinayotgandaorqali va boʻylab soʻzlari koʻp narsani hal qiladi. Tok qarshilik orqali oqmoqda; tok sim boʻylab oqmoqda. Agar siz “tok ichida...” degan gʻalati gapni eshitsangiz, bilingki, bu absurd tushunchadir.
ELEKTR TOKI
Zaryadlangan zarrachalarning tartibli harakati elektr toki deyiladi. Elektr toki oqib o’tishi uchun muhim shartlardan biri berk zanjir hisoblanadi.
Vaqt o’tishi bilan qiymati va yo’nalishi o’zgarmaydigan elektr toki o’zgarmas tok deyiladi.
Tok kuchi va yo’nalishi vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan elektr toki o’zgaruvchan tok deb ataladi.
Elektr toki kuchi o’lchov birligi – amper (A), belgilanishi – I.
1 amper (A) = 1000 milliamper (mA) = 1000000 mikroamper (mkA)
1 milliamper (mA) = 0,001 amper (A)
1 mikroamper (mkA) = 0,000001 amper (A)
Inson o’z tanasi orqali o’tgan 0,005 A tok kuchini seza boshlaydi. 0,05 A yuqori bo’lgan tok kuchi inson organizmi uchun xavflidir.
ELEKTR KUCHLANISH
Elektr kuchlanish deb – elektr maydonning ikki nuqtasi orasidagi potensillar ayirmasiga aytiladi.
Elektr kuchlanish o’lchov birligi – volt (V), belgilanishi – U.
1 volt (V) = 0.001kilovolt (kV) = 1000 millivolt (mV)

Download 354.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling