Elеktr toki. O’lchov birliklari. Zaryad


Download 354.24 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi354.24 Kb.
#1120404
  1   2   3
Bog'liq
Fizika


Elеktr toki. O’lchov birliklari.
Zaryad
Elektr tushunchasi tabiatni kuzatishdan kelib chiqqan. Biz jismlar orasidagi taʼsirni kuzatganimizda gravitatsiyaga oʻxshash masofalar aro taʼsir qiladigan kuchga duch keldik. Bu kuchning manbai zaryad deb ataladi. Elektr kuchlarining eʼtiborli jihati shuki, ular gravitatsiya kuchlariga nisbatan ancha katta boʻladi. Gravitatsiyadan farqli oʻlaroq, zaryad ikki turga boʻlinadi. Turli ishorali zaryadlar oʻzaro tortishadi, bir xil ishorali zaryadlar esa oʻzaro itarishadi. Gravitatsiyaning faqatgina bitta turi bor: tortishish kuchi, itarish kuchi mavjud emas.
Oʻtkazgichlar va dielektriklar
Oʻtkazgichlar odatda tashqi qobigʻidagi elektronlari yoki valent elektronlari yadrosi bilan nisbatan kuchsiz bogʻ hosil qilgan atomlardan tashkil topgan. Quyida mis atomining taxminiy chizmasi berilgan. Bir necha metall atomlari birgalikda oʻzlarining tashqi qobigʻidagi elektronlarini hech qanday qiyinchiliksiz oʻzaro almasha oladi. Bir gala elektronlar muayyan bir yadroga bogʻliq boʻlmay qoladi. Demak, hatto kichkina qiymatdagi elektr kuchi ham elektronlar galasini siljitishga yetarli boʻladi. Mis, oltin, kumush va alyuminiy, shuningdek, shoʻr suv yaxshi oʻtkazgich boʻla oladi.

Shuningdek, yomon oʻtkazgichlar ham mavjud. Masalan, chogʻlanma lampochkalarda ishlatiladan metall – volfram yoki uglerodning olmosdagi holati nisbatan yomon oʻtkazgichlar sanaladi. Chunki ularning elektronlari siljishga moyil emas.


Elektr toki
Zaryadli zarralarning tartibli oqimi elektr toki deyiladi.
Tok – bu zaryadli zarralar oqimi. 
Tok kuchi deb oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida oʻtayotgan zaryad miqdoriga aytiladi. Simning koʻndalang kesim yuzasini tasavvur qiling. Simning yuzasiga yaqin turing va oʻtayotgan zaryad zarralarini sanang. Bir sekund ichida nechta zaryad koʻndalang kesim yuzasidan oʻtganini qayd qiling. Biz musbat zaryad harakatlanayotgan yoʻnalishdagi tok kuchining ishorasini musbat deb belgilaymiz.

Modomiki, tok vaqt birligi ichida koʻndalang kesim yuzidan oʻtayotgan zaryadlar miqdoriga teng ekan, biz uni matematik jihatdan quyidagicha ifodalashimiz mumkin:

Bu – tok kuchining sodda tushuntirilishi.

Download 354.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling