Alyuminiy elektr o’tkazuvchanligi jihatidan oltin, kumush va misdan keyin o’rinda turadi
Download 19.6 Kb.
|
8 sinf 1-2 bob
1. Alyuminiy elektr o’tkazuvchanligi jihatidan oltin, kumush va misdan keyin 4 - o’rinda turadi. 2. Radioaktiv element atomlarining dastlabki miqdori ikki marta kamayishi uchun ketgan vaqt yarim yemirilish davri deyiladi. 3. Alyuminiyning fizik xossalari; J: kumushsimon oq rangli metal, 660 0C da suyuqlanadi juda plastic 4. Atom haqidagi dastlabki tushunchani qaysi olim qachon keltirgan. Ta’rifini ayting J: bundan 2500 yil oldin Demokrit. Juda mayda ko’zga ko’rinmaydigan, bo’linmaydigan, doimo harakatdagi zarrachalar 5. Korpuskula bu ….. J: molekulalarni Lomonosov shunday atagan 6. Atom–molekulyar ta’limot qaysi olim tomonida qachon yaratilgan J: XVII asrning o’rtalarida Lomonosov tomonidan 7. Molekula bu – ……. J: Moddaning barcha kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarrachasi 8. Atom bu – ……… J: Moddaning kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi 9. Nima sababdan molekulyar tuzilishli moddalarning suyuqlanish harorati nomolekulyar tuzilishli moddalarnikiga nisbatan past bo’ladi. J: kristall panjarada molekulalar orasidagi bog’lanish atomlar orasidagi bog’lanishga nisbatan ancha bo’sh bo’ladi 10. Element so’zining ma’nosi J: tarkibiy qism 11. Kimyoviy element bu – ……… J: Atomning muayyan turi 12. Hozir nechta kimyoviy element ma’lum J: 118 ta 13. Kimyoviy formula bu – ……… J: Modda tarkibini kimyoviy belgi va zarurat bo’lsa indekslar bilan ifodalanishi 14. Kimyoviy formulaga qarab modda haqidagi qanday ma’lumotlarni aniqlashimiz mumkin. ( 5 ta ) J: Moddaning oddiy yoki murakkab modda ekanligini. Moddaning sifat tarkibi ya’ni u qanday kimyoviy elementlardan iboratligini Har qaysi element qancha miqdorda ekanligini ( elementlarning massa ulushlari) Nisbiy molekulyar massasini Atom tarkibi ya’ni, har qaysi element atomining sonini 15. Uglerod birligi nechaga teng J: 1,66 * 10-24 gr yoki 1,66 * 10-27 kg 16. Nisbiy atom massa bu – ……… J: Element atom massasini uglerod atom massasining 1/12 qismiga nisbati 17. . Nisbiy molekulyar massa bu – ……… J: Modda massasini uglerod atom massasining 1/12 qismiga nisbati 18. Mol bu – ……… J: 0,012 kg yoki 12 gr uglerodda nechta atom bo’lsa shuncha zarracha ( atom, molekula va h.k. ) tutgan, yani 6,02 * 1023 ta molekula, atom yoki boshqa zarracha tutgan modda miqdori 19. Molyar massa bu – J: Bir mol moddaning massasi 20. Valentlik bu – ……… J: Element atomlarining boshqa elementlarning muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyati. 21. Massaning saqlanish qonunini ayting J: kimyoviy reaksiya vaqtida atomlar yo’qolmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi, balki ular qayta gruppalanadi. Atomlar soni reaksiyadan oldin ham, keyin ham o’zgarmaganligi sababli ularning umumiy massasi ham o’zgarmaydi. 22. Dastlab Lomonosov massaning saqlanish qonunini qanday ta’riflagan. J: Tabiatda sodir bo’ladigan har qanday o’zgarishning mohiyati shundaki, biror jismdan qancha miqdor kamaysa ikkinchi jismga shuncha miqdor qo’shiladi. Demak, materiya biror joyda kamaysa, ikkinchi joyda ko’payadi. 23. Tarkibning doimiylik qonunini ayting J: har qanday molekulyar strukturali toza modda olinish usuli va joyidan qat’i nazar o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega. Nomolekulyar strukturali ( atomli, ionli va metall panjarali ) birikmalarning tarkibi esa o’zgarmas bo’lmaydi va olinish sharoitlariga bog’liq bo’ladi. 24. O’zgaruvchan tarkibli birikmalar borligini dastlab qaysi olim e’tirof qilgan J: Bertolle 25. Bertollidlar yoki …… J: O’zgaruvchan tarkibli birikmalar 26. Daltonidlar yoki …… J: O’zgarmas tarkibli birikmalar 27. Qaysi olim kimyoviy birikmalarni bertollidlar va daltonidlar deb ataluvchi ikki guruhga ajratgan J: Kurnakov 28. Vanadiy (II) oksidning tarkibi VO0,9 dan VO1,3 gacha bo’lib, sintez qilinayotgan vanadiy (II) oksidning tarkibi nimaga bog’liq bo’ladi J: haroratga va ishlatiladigan kislorodning bosimiga 29. Avogadro qonuni qachon kim tomonidan yaratilgan J: 1811 – yil Avogadro tomonidan 30. Avogadro qonunini ayting J: Bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni teng bo’ladi 31. Gazlarning bir xilda siqilish xossasi kimlar tomonidan aniqlangan J: Boyl–Mariott 32. Gazlarning termik kengayish koeffitsiyenti bir xilligi qonunini qaysi olimlar aniqlagan J: Gey–Lyussak 33. Molyar hajm bu – …… J: Bir mol gazning hajmi. N.sh. da u 22,4 litrga teng 34. Nuklon, izotop, izobar va izoton atamalariga ta’rif bering J: Proton va neytronlar umumiy holda nuklonlar deb ataladi Izotop – yadro zaryadi bir xil atom massasi har xil Izobar – atom massa bir xil yadro zaryadi har xil Izoton – neytronlar soni bir xil yadro zaryadi har xil 35. Elementning davriy sistemadagi atom massasi nimaga teng J: elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari massalarining shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e’tiborga olingan o’rtacha qiymatiga teng 36. Hajmiy nisbatlar qonunini ayting J: reaksiyaga kirishayotgan gazlarning hajmi o’zaro butun sonlar nisbatida bo’ladi 37. Qaysi oddiy gazlar uchun molekula va atom tushunchasi teng qimmatli J; nodir gazlar 38. E. Rezerford atom tuzulishini o’rganishda α – zarrachalarning qaysi xususiyatidan foydalangan J: kuchli sinuvchanlik 39. Atom tuzulishini planetar modelini qaysi olim nechanchi yilda taklif etgan J: Rezerford 1911 - yil 40. Rezerford α – zarrachalarning tarqalishini qanday tushuntirib berdi J: 41. Yadro va atomning o’lchami qanchaga teng J: atom 10-18 sm yadro 10-8 sm 42. Proton – neytron nazariyasini qaysi olim nechanchi yilda yaratgan J: Ivanenko bilan Gapon 43. Proton va neytronlarni yadroda tutib turuvchi kuch bu – …… J:Yadro kuchlari 44. Siljish qonunini ayting J: atom yadrosidan α – zarrachalar ajralishi natijasida yadro zaryadi 2 birlikka kamayadi, natijada hosil bo’lgan element davriy sistemada oldingi elementdan 2 o’rin chapga siljiydi. β - zarrachalarning ajralishi natijasida esa zaryad 1 birlikka ortadi va hosil bo’lgan element dastlabki elementdan bir o’rin o’ngda joylashadi 45. Qanday elementlar radioaktiv elementlar deyiladi. Ular qaysilar J: faqat radioaktiv izotoplardan iborat elementlar radioaktiv elementlar deyiladi. Ular Z=43,61 va 84 – 109 lar 46. Radioaktiv izotoplar soni nechta J:1500 ta 47. Sun’iy radioaktivlik nima J: sun’iy yo’l bilan olingan atom yadrolarining radioaktiv o’zgarish hodisasi 48. Birinchi marta sun’iy yadro reaksiyasi qachon kim tomonidan amalga oshirilgan J: 1919- yilda Rezerford tomonidan 49. Yadro kuchlari qancha masofadan ta’sir etadi J: 10-15 m atrofida 50. Yadro reaksiyasi bu – ......... J: atom yadrolarining elementar zarrachalar va bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashish natijasi 51. Qaysi elementlarni uzoq vaqt yashaydigan radioaktiv izotoplari mavjud va ular qaysi izotoplar J: 1940K 3787Rb 49115In 52. Nishonlangan atom bu – …… J: kimyoviy reaksiyalarda atomning qayerga siljishini kuzatishga yordam beradigan izotop turi 53. Neonning inertligiga sabab nima J: tashqi elektron pog’ona elektronlar bilan to’lgan 54. Xund qoidasini ayting. Uning sababi J: Energiyalari bir xil bo’lgan orbitallarda elektronlar spinlar yig’indisi maksimal qiymatga ega bo’lish holatida joylashadi 55. Klechkovskiy qoidasini ayting J: energetik qavatlarning elektronlar bilan to’lib borishi tartibi bosh va orbital kvant sonlar yig’indisi n + l ortib borish tartibida bo’ladi. Agar n + l yig’indisi teng bo’lsa u holda avval bosh kvant soni kichik bo’lgan qavat elektron bilan to’ladi 56. Klechkovskiy qatorini yozing ( 7d ga qadar ) J: 1s 2s 2p 3s 3p 4s 3d 4p 5s 4d 5p 6s 4f 5d 6p 7s 5f 6d 7p 6f 7d 57. Pauli prinsipi J: atomda to’rtala kvant soni ham bir xil bo’lgan ikkita elektron mavjud emas 58. Elektronlar harakatining eng asosiy xususiyati ular atom ichida ikkilanish xususiyatini namoyon qiladi, ya’ni: …… J: ham zarracha, ham to’lqin funksiyasiga ega 59. Noaniqlik prinsipini tushuntiring. Va bu fikr kimga tegishli. Qachon aniqlangan J: Geyzenberg 1925 – yil. Bir vaqtning o’zida elektronning atomda turgan joyini va harakatlanish tezligini katta aniqlikda bilib bo’lmaydi 60. Orbital nima J: elektronning uchrash extimolligi eng yuqori bo’lgan joy 61. Diskretlik xususiyatini tushuntiring. J: elektronlarning energiyasi bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda uzluksiz o’zgarmasdan, sakrash bilan o’zgaradi 62. Bosh kvant son nimani belgilaydi ( 4 ta ) J: elektronning energiyasini, uning yadrodan uzoqlik darajasini ya’ni elektron harakatlanayotgan qavatni, yadro bilan bog’lanish energiyasini va yadro bilan bog’lanish masofasini 63. Bosh kvant sonning qiymatlarini keltiring J: 1,2,3,4…. va h.k. 64. Orbital kvant soni nimani belgilaydi J: elektron bulut shaklini 65. Orbital kvant soni qanday qiymatlarni qabul qiladi va u qaysi formula orqali topiladi J: n-1 gacha bo’lgan qiymatlar 66. Magnit kvant soni nimani belgilaydi J: elektron orbitalni fazodagi holatini 67. Magnit kvant soni qanday qiymatlarni qabul qiladi J: -l dan +l gacha 68. Spin kvant soni nimani belgilaydi J: elektronning harakat momenti ( yo’nalishi ) ni 69. Spin kvant soni qanday qiymatlarni qabul qiladi J: +0,5 va -0,5 70. Orbital kvant sonining har bir qiymatiga to’g’ri keluvchi magnit kvant soni qaysi formula orqali topiladi J: 2 l + 1 71. Bosh kvant soni 3 ga teng bo’lganda orbital va magnit kvant sonlari qanday qiymatlarni qabul qiladi J: l = 0,1,2 m = 0. -1, 0, +1. -2, -1, 0, + 1, +2 72. Pog’onadagi orbitallar soni qaysi formula orqali topiladi J: n2 73. Pog’onachadagi orbitallar soni qaysi formula orqali topiladi J: 2 l + 1 74. Pog’onadagi elektronlar soni qaysi formula orqali topiladi J: 2n2 75. Pog’onachadagi elektronlar soni qaysi formula orqali topiladi J: 2 ( 2 l + 1 ) 76. Oltin va kumushning elektron konfiguratsiyasini yozing ( to’liq ) J: Ag – 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s2 3d10 4p6 5s1 4d10 Au – 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s2 3d10 4p6 5s2 4d105p6 6s1 4f14 5d10 77. Dastlab davriy sistemani qaysi olimlar yaratishga urinib ko’rishgan ( 4 ta ) J: Debereyner, Meyer, Nyulends, Shankurtua va boshqalar 78. Davriy qonun yaratilish paytida nechta element ma’lum edi J: 63 ta 79. Davriy qonun yaratilish paytida ko’p elementlarning atom massalari noto’g’ri bo’lib, bu elementlarni sistemaga solishni qiyinlashtirdi. Masalan: berilliyning atom massasi 9 emas, balki …… edi. J: 13,5 80. D. I. Mendeleyev o’zi yaratgan “ davriylik qonuni “ ni qanday ta’riflagan J: Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom massalarining qiymatiga davriy ravishda bog’liq 81. Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi qanday J: Elementlar va ular birikmalarining shakl va xossalari elementlar yadro zaryadlarining qiymatiga davriy ravishda bog’liq 82. D. I. Mendeleyev davriy sistemani yaratishda hali kashf qilinmagan nechta element uchun bo’sh katakcha qoldirgan J: 29 ta 83. D. I. Mendeleyev qaysi elementlarni oldindan xossalarini aytib bergan va ularga qanday nom bergan ( 3 ta ) J: Galliy –ekabor. Skandiy – ekaaluminiy. Germaniy – ekasilitsiy 84. D. I. Mendeleyev taxmin qilgan elementlar hozir qanday nomlanadi va ular qachon kim tomonidan kashf qilingan ( 3 ta ) J: Galliy –ekabor. 1875 – yil Lekok de Buabodran. Skandiy – ekaaluminiy. 1879 – yil Nilson Germaniy – ekasilitsiy 1886 – yil Vinkler 85. D. I. Mendeleyev elementlarning xossalarini qaysi yo’l bilan aniqlagan J: Atom analoglari xossalariga asoslanib 86. Hozirgi kunda davriy sistemaning necha xil varianti bor J: 500 dan ortiq 87. D. I. Mendeleyev davriy sistemaning birinchi variantini qachon taklif etgan va u qanday ataladi J: 1869 – yil 1 – martda. Uzun shakldagi variant 88. D. I. Mendeleyev davriy sistemaning ikkinchi variantini qachon taklif etgan va u qanday ataladi J: 1870 – yil dekabr oyida. Qisqa shakli 89. Biz foydalanadigan davriy sistema qanday ataladi J: Yarim uzun variant 90. Atom analoglari nima J: Berilgan elementni davriy sistemada o’rab turuvchi elementlar 91. Qaysi elementlar kislorodli birikma hosil qilmaydi J: He, Ne va Ar 92. Nodir gazlarning dastlabki birikmasi qachon olingan va u qaysi birikma J: 1962 – yil XeF4 93. Qaysi elementlar +8 oksidlanish darajasini namoyon qiladi J: Osmiy, ruteniy va ksenon 94. Lantanoid va aktinoidlarning bir-biridan farqi J: Aktinoidlarda gorizontal analogiya zaif ifodalangan. Birikmalarida turli oksidlanish darajalarini namoyon qiladi 95. Davriy sistemaning tarkibini ayting: davrlari soni ( katta va kichik ) , gruppalar soni, qatorlar. J: 10 ta qator. 7 ta davr. 3 ta kichik va 4 ta katta davr. 8 ta gruppa 96. Davriy sistemaning har qaysi davrida nechtadan element joylashgan J: I 2 ta II 8 ta III 8 ta IV 18 ta V 18 ta VI 32 ta VII 19 ta tugallanmagan 97. D. I. Mendeleyev qaysi elementlarni tipik elementlar deb atagan J: II va III davr elementlarini 98. Katta davrlarni ikkita qatorga ajratishga elementlarning qaysi xususiyati asos bo’lgan J: valentligi 99. Quyidagi xossalarni davriy sistemada chapdan o’ngga va yuqoridan pastga qarab qanday o’zgarishini ayting: metallik, asoslik, NEM, kislotalik, metalmaslik, atom radiusi, ionlanish energiyasi J: 100. Elementlarning yuqori oksidlanish darajasi gruppa raqamiga teng. Ushbu fikrdan mustasno holatlarni keltiring J: Cu, Au 1. Kimyoviy bog’lanishning qanday turlari mavjud J: Kovalent bog’lanish Metall bog’lanish Vodorod bog’lanish Ionli bog’lanish Donor – akseptor bog’lanish 2. Elektromanfiylik deb nimaga aytiladi J: elktron tortib olish xususiyati 3. Tugallangan pog’ona deb nimaga aytiladi J: Agar atomning tashqi pog’onasidagi elektronlar soni shu pog’ona sig’dira oladigan eng ko’p elektronlar soniga teng bo’lsa u tugallangan pog’ona deyiladi 4. Kimyoviy elementlar elektromanfiyligining ortib borish tartibini yozing J: Si, As, H, P, Se, I, C, S, Br, Cl, N, O, F 5. Kimyoviy bog’lanishlarni qanday ifodalash usullari bor J: 3 xil. Elementning kimyoviy belgisiga qo’yilgan nuqtalar ko’rinishidagi elektronlar yordamida. Kvant katakchalar (orbitallar) yordamida. Chiziqcha bilan. 6. Kovalent bog’lanish deb qanday bog’lanishga aytiladi. U necha xil bo’ladi J: umumiy elektron juft xisobiga vujudga keladigan bog’lanish Kovalent bog’lanish deb ataladi. U ikki xil qutbli va qutbsiz bo’ladi 7. Qutbli kovalent bog’lanish deb qanday bog’lanishga aytiladi. Misol keltiring ( 5 ta ) J: elktromanfiyligi bir-biridan keskin farq qilmaydigan elementlar o’ratsida vujudga keladigan bog’lanish. NEM farqi 0,4 dan 1,8 gacha 8. Qutbsiz kovalent bog’lanish deb qanday bog’lanishga aytiladi. Misol keltiring ( 5 ta ) J: elktromanfiyligi bir-biridan umuman farq qilmaydigan elementlar o’ratsida vujudga keladigan bog’lanish. NEM farqi 0,4 gacha 9. Metall bog’lanish deb qanday bog’lanishga aytiladi. Misol keltiring ( 5 ta ) J: Metallar o’rtasida vujudga keledigan bog’lanish 10. Vodorod bog’lanish deb qanday bog’lanishga aytiladi. Misol keltiring ( 5 ta ) J: NEM qiymati yuqori element bilan H2 o’rtasida vujudga keladigan bog’lanish. Oddiy kovalent bog’dan 10 marta zaif 11. Ionli bog’lanish deb qanday bog’lanishga aytiladi. Misol keltiring ( 5 ta ) J: elktromanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan elementlar o’ratsida vujudga keladigan bog’lanish. NEM farqi 1,8 dan yuqori 12. Donor – akseptor bog’lanish deb qanday bog’lanishga aytiladi. Misol keltiring ( 5 ta ) 13. Kovalent bog’lanish yoki …… J: gomeopolar yoki atom birikmalari 14. Metall bog’lanishning hosil bo’lish moxiyati nimalardan iborat J: Metal atomlari o’zlarining valent elektronlaridan osongina ajralib, musbat zaryadli ionlarga ajraladi. Atomlardan ajralib chiqqan nisbatan erkin elektronlar musbat zaryadli metal ionlari orasiga tarqalaladi. Ionlar bilan elektronlar orasida metal bog’lanish yuzaga keladi. 15. Nimaga elementlar orasida faqatgina “ vodorod bog’lanish ” mavjud J: atom radiusi kichik 16. Kimyoviy bog’lanishning mustahkamligi asosan nimalarga bog’liq J: 43 - bet 17. Bog’lanish energiyasi deb nimaga aytiladi J: kimyoviy bog’ni uzish uchun sarflanadigan energiya 18. Kovalent bog’ xususiyatlarini sanang J: To’yinuvchanlik, yo’naluvchanlik, qutblanuvchanlik va karralilik 19. Valent burchak bu – …… J: Bog’lanishlar orasidagi burchak 20. Gibridlangan orbitallar ishtirokidagi bog’ gibridmas orbitallar ishtirokidagi bog’dan mustahkam bo’ladi, chunki …… J: gibridlanishda orbitallar bir-birini qoplaydi 21. Gibridlanishni qaysi olim nechanchi yilda kashf qilgan J: L. Poling. 1932 – yil 22. Gibridlanish turlari va ularga 5 tadan misol yozing J: 23. Nima sababdan suyuq va gaz holdagi moddalarda malum bir shakl bo’lmaydi J: gaz va suyuq holatda zarrachalar tartibsiz joylashgan bo’ladi, bu zarrachalar orasidagi o’zaro tortishish kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli emas 24. Qattiq moddalar ichki tuzulishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi J: kristall va amorf 25. Amorf moddalar tuzulushi jihatidan suyuq moddalarga o’xshaydi, lekin farqi nimada J: zarrachalarining harakatchanligi juda kam 26. Amorf holat yoki …… J: shishasimon holat 27. Elementar yacheyka bu – …… J: Fazoviy kristall panjaraning ko’p marta takrorlanib, jismning butun hajmini hosil qiladigan qismi elementar yacheyka deyiladi 28. Kristall panjaraning qanday turlari bor J: molekulyar, atom, ion va metal Download 19.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling