P-elementlari bo`lib, umumiy nom bilan xalkogenlar deb yuritiladi. Ularning tashqi elektron pog`onasida–ns


Download 16.36 Kb.
bet1/2
Sana26.12.2022
Hajmi16.36 Kb.
#1066676
  1   2
Bog'liq
5 мавзу Davriy sistemaning VI A gruppa elementlaridan (O-kislorod) olinishi, xossalari va ishlatilishi.


Kislorod guruhchasi elementlarining umumiy xossalari.

Kislorod guruhchasiga O, S, Se, Te va Po elementlari kiradi. Ular D. I. Mendeleyev davriy jadvali VI guruhining p-elementlari bo`lib, umumiy nom bilan xalkogenlar deb yuritiladi. Ularning tashqi elektron pog`onasida–ns2np4 elektronlar mavjud bo`ladi. Xalkogenlar vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida –2 oksidlanish darajasini, kislorod va boshqa faol metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida odatda +4 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Kislorod odatda –2 oksidlanish darajasini, ftor bilan hosil qilgan birikmasida +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.


Kislorod guruhchasi elementlari vodorod bilan H2R kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi. Bu birikmalar H2O, H2S, H2Se, H2Te bo`lib ular xalkovodorodlar deyiladi.
S, Se va Te kislorod bilan ROva RO3 kabi oksidlarni hosil qiladi, ularga H2RO3 va H2RO4 kabi kislotalar muvofiq keladi.
Oddiy moddalarning xossalari qonuniyat bilan o`zgarib boradi: yadro zaryadi ortishi bilan metallmaslik xossalari susayib, metallik xossalari kuchayib boradi. Masalan, kislorod va tellur metallmaslar, lekin tellurning metall yaltiroqligi bor va elektrni o`tkazadi.
4. 1-jadval. Kislorod guruhchasi elementlarining xossalari.


Xossalari

O

S

Se

Te

Po

1.
2.
3.

4.
5.


6.


Tartib raqami


Valent elektronlari
Atomining ionlanish energiyasi, eV
Nisbiy elektrmanfiyligi
Birikmalarida oksidlanish darajasi
Atom radiusi, nm


8
2s22p4


13,62
3,50
-1, -2,

+2
0,066


16
3s23p4


10,36
2,6
-2, +2, +4, +6
0,104

34
4s24p4


9,75
2,48
-2, +4, +6
0,117

52
5s25p4


9,01
2,01
-2, +4, +6
0,137

84
6s26p4


8,43
1,76
-2, +2
0,164





Download 16.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling