Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida kuzovda uchraydigan asosiy nosozliklar
Avtomobil kuzovining asosiy nosozliklarlari: ularning qiyshayi-shi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarni bo‘shashib ketishidan iborat.
Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvantlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya qatlamlarini yangilash yo‘llari bilan tiklanadi.
Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvantlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazlipayvantlash turidan foydalaniladi. Payvantlash qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda bajariladi.
Kuzov detallarining uzoq muddat ishlashi ikki omilga bog‘liq bo‘lib, ular avtomobillarning yurgan yo‘li va ishlash muddati hisoblanadi.
Uzoq ishlashi bo‘yicha kuzov detallarini ikki guruhga ajratamiz: >oldingi va orqa qanotlar, orqa g‘ildirak tepa qismlari, oldingi qism qirralari;
>oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari.
Yuqoridagi guruhlarning bir-biridan farqli xizmat qilish muddati 3 yil yoki ellik ming kilometrni tashkil qiladi.
Birinchi guruhga kiruvchi kuzov detallari yaroqsiz holga kelishi, kuzovning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo baquvvatligini susaytirmaydi.
Ikkinchi guruh detallarining zanglashi va chirishi avtomobilning baquvvatligini susaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |