Prеdmеtlarni foydalanish masofasi.
Ishchi kiyim (jomakor).
Ishlab chiqarishda va o‘quv ustaxonalarida sanitariya holatlari. Sanitariya me’yorlari va qoidalari
Mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga ta’sirini o‘rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi. Bularning hammasi ishchilarning sog‘lig‘iga va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlab chiqarish korxonalari hududlarining holatini yaxshi saqlash, sanitariya-obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik qurilmalari (havo almashish, istish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydlanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarini oldini olish, xizmatchilar sog‘ligini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |