Til panelidagi Texnik xizmat
Download 12.98 Kb.
|
Printer 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fayl
- Boshqaruv panelidan printer drayveriga kirish
- Apparat vositalar va tovush
- Chop qilish afzalliklari
- Sozlanmalar
- Boshqaruv paneli
Printer drayveri dasturdan olingan buyruqlarga ko‘ra printerni boshqaradi. Printer drayveridagi parametrlarni sozlash eng yaxshi chop qilish sifati bilan ta’minlaydi. Yana printer drayveri yordamchi dasturidan foydalangan holda printer holatini tekshirish yoki eni eng yaxshi ishlash holatida saqlash ham mumkin. Eslatma: Printer drayveri tilini o‘zgartirishingiz mumkin. Til panelidagi Texnik xizmat parametrida o‘zingiz foydalanmoqqchi bo‘lgan tilni tanlang. Dasturlardan printer drayveriga kirish Faqat o‘zingiz foydalanayotgan dasturga qo‘llaniladigan parametrlarni o‘rnatish uchun o‘sha dasturdan kiring. Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o‘rnatish-ni tanlang. Printerni tanlang va keyin Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni cherting. Eslatma: Ishlashi dasturga bog‘liq ravishda farq qiladi. Batafsil ma’lumotlar olish uchun dastur yordamiga qarang. Boshqaruv panelidan printer drayveriga kirish Barcha dasturlarga qo‘llaniladigan parametrlarni o‘rnatish uchun boshqaruv panelidan kiring. Windows 10 Start tugmasini cherting va keyin Apparat vositalar va tovush-da Windows tizimi > Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga o‘ng tugmani bosing yoki uni bosing va ushlab turing va keyin Chop qilish afzalliklari-ni tanlang. Windows 8.1/Windows 8 Apparat vositalar va tovush-da Ish stoli > Sozlanmalar > Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga o‘ng tugmani bosing yoki uni bosing va ushlab turing va keyin Chop qilish afzalliklari-ni tanlang. Windows 7 Start tugmasini cherting va Apparat vositalar va tovush-da Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Chop qilish afzalliklari-ni tanlang. Windows Vista Start tugmasini cherting va Apparat vositalar va tovush-da Boshqaruv paneli > Printerlar-ni tanlang. Printerga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Chop qilish afzalliklari-ni tanlang. Windows XP Start tugmasini cherting va Boshqaruv paneli > Printerlar va boshqa apparat vositalar > Printerlar va fakslar-ni tanlang. Printerga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Chop qilish afzalliklari-ni tanlang. Download 12.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling