Reja chizshrarshsh kernlash
Kern (chukurcha) deb zagotovkaga kerner bilan tushirilgan chuqurchaga aytiladi. Bolg’aning oshrligi kerner og’irligiga teng bo’lishi kerak.
Kerner bilan ishlashda uni chai kulning uchta barmog’i bilan ushlab, belgilangan nuktaga utkir uchini tirab, bolg’acha bilan zarba beriladi (52-rasm, a). Avval, belgilangan nuktaga kernerning utkir uchini 20"—30° qiyalikda kuyib markaz topilgach, uni perpendikulyar holatga keltirib bolg’acha bilanengilgina zarba beriladi. Bolg’acha-ning og’irligi 100—200 gramm atrofida (52-rasm, b), kernlar esa reja chiziganing uzida bo’lishi keraq
Uzun chiziqlarda (tug’ri) chukurchalar 20—100 mm oraliqda, qisqa chiziklar va burchaklarda 5—10 mm oraliqda bo’lishi zarur.
Teshiklarni parmalashda kern izlari chukurroq bo’lishi lozim, aks holda parma rejali uyikdan chiqib ketadi.
Rejalash bshlachalari. Rejalash ishlarini bajarish uchun V.M.Gavrilov bolg’achasidan foydalaniladi (53-rasm, a). Bu bolg’achaning afzalligi shundaki uning (1) kengayish qismiga o’rnatilgan maxsus lupa (5) turt marta qattalashtirib ko’rsatadi. YOg’ochdan yasalgan dastasining ichi bush bo’lib, u ko’proq (4) bilan berkitiladi. Dasta bir vaktning uzida chizgich va kernerlarni joylashtirish uchun penal vazifasini utaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |