Elеktr tоkiga tushishdan himоyalanish choralari Elеktr tоki ta’siriga tushish turlari va darajasi Insоnni tоk ta’siri оstidan оzоd qilishda tеxnika xavfsizligi va dastlabki yordam Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


Download 1.3 Mb.
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1062788
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sabirov Mirzohid Muzaffar o\'g\'li 932-19

2.3. TSS tarmog'ini loyihalashtirish
TTS tarmog'ida loyihalashtirish masalasi sinxronizatsiya signallarini qabul qilishni tanlashdan va barcha raqamli qurilmalarni sinxronizatsiyasini ta'minlash uchun raqamli tarmoq ichida signalni taqsimlashdan iborat.
Loyihalashtirish natijasida TTS tarmog'i sxemasi yaratiladi. Unda sinxronizatsiya signallarini qabul qilish manbasi, aloqa tarmog'ida signallarning taqsimlanish tartibi, sinxronizatsiya qurilmasi turi va o'rnatilgan joyi ko'rsatiladi.
Perspektiv loyihalashtirishni o'tkazishda aloqa tarmog'ining mavjud sxemasi va rivojlanish sxemasi kerak bo'ladi.
Aloqa operatori tomonidan kerakli ma'lumotlar to'liq hajmda ko'rsatilmasa, loyihalashtiruvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Loyihalashtiruvchi tashkilot TTS sxemalarini ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni olishi kerak bo'ladi. TTS tarmog'i sxemasini ishlab chiqish jarayonida quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:

  • Sinxrosignal manbasini tanlash (asosiy va zaxira);

  • Sinxrosignal o'tuvchi asosiy va zaxira yo'llarini aniqlash;

  • TTS tarmog'ining barcha qurilmalarida sinxronizatsiya signalining kirishlari prioritetini o'rnatish;

  • Sinxronizatsiya signal manbasi sifatini aniqlash;

  • Tarmoqning strukturaviy analizini o'tkazish;

  • Tarmoqda o'rnatiladigan sinxronizatsiyaning qo'shimcha qurilmalarida zaruriyatlilikni aniqlash;

  • Tugun ichidagi sxemani ishlab chiqish;

  • Ixtiyoriy nosozlik holatlari ro'y berganda xar bir kommutasion stansiya sinxronizatsiya signallari bilan ta'minlanganmi.

SDH tarmog'ini loyihalashtirish. Sinxronizatsiya tarmog'ini loyihalashtirishda asosiy qilinadigan ish taktli signallarni taqsimlash masalasini yechish va tarmoqda taktli signalni ta'minlash maqsadida sinxrosignallar manbasini va boshqa qurilmalarni tanlashdan iborat.
SDH va SONET asosidagi tarmoqlar uchun manbalarni tanlash masalalari turlicha bo'ladi.
Tayanch signalni taqsimlash. ITU tayanch signal manbasini sinxronizatsiya tarmog'iga ulanish usulini aniqlaydi.. Zanjirda 10 ta tugundan ko'p bo'lmasligi lozim. Bu tugunlar 10 ta ofislarga tegishladir. Ofislar o'rtasida SDH elementlari ko'rinishida sinxrosignallar manbasi zanjiri mavjud. Hech bir zanjir 20 ta sinxronlangan manbalardan ko'p bo'lmasligi lozim. To'liq zanjirdagi manbalar soni 60 dan ortiq bo'lmasligi lozim. Xar bir sinxrosignal manbasi optik liniyadan sinxronizasiya signallarini qabul qiladilar.
Bunday tayanch manbani ulash ideal sharoitlarda modellashtirish ishi asosida qabul qilingan va DS3, DS1 va E1 larni transportirovka qilish uchun
5 UI djitter kattaligini ta'minlash talablarini qanoatlantirishi kerak.
Modellashtirish natijalarini eksperiment tekshiruvi uchun o'lchashlar amalga oshirilmagan. Aytib o'tish joizki, DS1 va E1 larni ko'chirishda kiritiladigan dreyf bunday tayanch manbani ulashda qiymati kam bo'lgan. Bunday tashqari natija ko'proq samara berishi uchun zanjir uzunligini kamaytirishga to'g'ri keladi.

  1. (PRG) G 811 tayanch signalining dastlabki manbasi

  2. N sinxrosignal manbalarining tarmoq elementlari

  3. Tranzit darajasining G 812

  4. N sinxrosignal manbalarining tarmoq elementlari

  5. Tranzit darajasining G 812

  6. N sinxrosignal manbalarining tarmoq elementlari

  7. Tranzit yoki maxalliy darajaning G 812

  8. N sinxrosignal manbalarining tarmoq elementlari

Elektrosignallarni ko'paytiruvchi manbalarga bo'lgan talablar. DS3, DS1 va E1 larni ko'chirish djitter kattaligi talablarini qanoatlantirish uchun SDH tarmog'idagi ofislarni yagona vaqt tizimini yaratish uchun qo'llanilgan sinxrosignalning ko'paytiruvchi manba tranzit yoki mahalliy darajaga ega bo'lishi kerak. Sinxrosignal manbasi quyi darajali shovqinga ega bo'lishi kerak va filtrning o'tkazuvchanligi 0,1 Hz dan oshmasligi kerak. Manba faza o'zgarish tezligi 5x10-8 bo'lganda 1000 nanosekundga teng MTIE ni qayta ishlash imkoniga ega bo'lishi kerak. Bunday faza o'zgarish tezligi SONET ga asoslangan tarmoqlarda talab etiladigan tezlikka nisbatan kichikdir.
E1 va DS1 dreyfini chegaralash uchun eng yaxshi MTIE qayta ishlash xususiyatga ega SSU ni qo'llash maqsadga muvofiq. ITU hozircha DS1/E1 dreyfi bo'yicha talablarni bajarishga yo'naltirilgan yondashuvlarni ishlab chiqmadi.
SDH tarmoq elementini taktli ko'rinishga o'tkazish talablari. SDH tarmoq elementi sinxrosignali manbasi ITU ga mos keladigan mahalliy daraja manbasi ko'rsatkichlaridan pastdir. Sinxronizatsiyani qayta tiklashga bo'lgan talablar: MTIE faza o'zgarish tezligi sinxrosignallarni qayta tiklashlardan eng kattasi uchun 5x10-8 bo'lganda 1,0 mikrosekundga tengdir.
SDH va SSU tarmoq elementlarining sinxrosignali manbalari o'rtasidagi asosiy farq o'tkazuvchanlik qobiliyatidadir. SDH tarmoq elementi 1 dan 10 Hz gacha o'tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. Bunday chegaralarning sababi ikkita: birinchidan, o'tkazuvchanlik qobiliyati SSU ning o'tkazuvchanligiga qaraganda kamida 10 marta ko'p bo'lishi kerak; ikkinchidan, tarmoq elementining sinxrosignal manbasi sinxrosignalni tezkorlik bilan qayta tiklash imkonini berishi kerak.
SDH tarmoq elementlari xalqasimon qilib sozlanganda va sinxronizatsiya signalini uzatish traktida uzilish sodir bo'lganda (2.11a rasm) xalqadagi sinxronizatsiya taqsimlanishi qayta sozlanadi.

2.11a-rasm. Soat strelkasiga qarshi yo'nalishdagi normal sinxronizatsiya signali oqimiga ega SDH xalqali konfiguratsiya.

20 ta SDH tarmoq elementidan iborat to'liq xalqadagi sinxronizatsiya taqsimlanishini qayta sozlash vaqti o'rtacha 15 sekund bo'lishi kerak. Bu degani, har bir tarmoq elementi o'zining sinxronizatsiyasini qayta sozlashi uchun bir sekund atrofida vaqt sarflashi kerak. Bu jarayon SDH tarmoq elementining tezkor ishlashini talab qiladi va bu o'z navbatida filtrlash qobiliyatini chegaralaydi.





2.11b-rasm. Soat strelkasiga qarshi yo'nalishdagi oqimning sinxronizatsiya signalini uzatishda uzilishga duch kelgan SDH xalqali konfiguratsiya.
SONET tarmog'i sinxronizatsiyasini rejalashtirish. Sinxrosignalni loyihalashtirishda quyidagi masalalar amalga oshiriladi: tayanch sinxronizatsiya signalini taqsimlashni aniqlash, sinxronizatsiya tarmog'ida qo'llaniladigan sinxrosignal manbalarini va qurilmalarini tanlash.
Tayanch signalni taqsimlash. SONET asosidagi tarmoq sinxrosignallarini tarqalishi SDH asosidagi tarmoq sinxrosignallarini tarqalishidan farq qiladi. SONET tarmoqlarida sinxronizatsiya zanjirida tarmoq elementlari yo'q. Oddiy sinxronizatsiya sxemasi 2.12 rasmda keltirilgan. Zanjir uzunligi 1 dan 6 gacha bo'lishi oddiy holat.

2.12-rasm. SONET sinxronizatsiya tarmog'ining tipik sxemasi
Bunday tarmoq konfigurasiyasi xatosiz signal uzatishni ta'minlab beradi.
BITS sinxrosignal manbalariga bo'lgan talablar. SONET tarmog'ida signallarni ko'chirishni qo'llab quvvatlash uchun BITS sinxrosignalning manbasi qator talablarni qanoatlantirishi kerak. Birinchidan, qisqa vaqtli shovqin 17 nanosekunddan oshmasligi lozim. Ikkinchidan, BITS sinxrosignal manbasi 100 sekunddan kam bo'lgan shovqinlarni filtrlashi kerak. Uchinchidan, DS1/E1 ko'chirishni ta'minlash uchun BITS sinxrosignal manbasi kichik dreyfga ega bo'lishi kerak.
Bu talablarni bajarish uchun BITS sinxrosignal manbasi stratum 2 va 3 normalariga mos kelishi kerak.
SONET tarmoq elementi signalining taktli ko'rinishiga bo'lgan talablar. SONET tarmoq elementidagi sinxrosignal manbasi taktli chastotasi SDH tarmoq elementidagi sinxrosignal manbasidagidan farq qiladi. SONET tarmoq elementi manbasining filtrasiyalash qobiliyati 0,1 Hz, shu paytda SDH tarmoq elementi manbasining filtrasiyalash qobiliyati uchun 1-10 Hz. Bu BITS manbasidagi tarmoq shovqinini filtrlash uchun va faza o'rnatishining juda tez o'tish jarayonlarini filьtrlash uchun ishlatiladi.
SONET tarmoq elementi SDH tarmoq elementi kabi tezlik chegerasiga ega emas. 16 ta SONET tarmoq elementlaridan iborat xalqa uchun sinxronizatsiyani qayta sozlash uchun besh daqiqa atrofida vaqt sarf qilinadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling