Elektr tokining inson va hayvonlarga ta'siri
INSON UCHUN TOK TA’SIRINING POG’ONALARI
Download 23.04 Kb.
|
Elektr tokining inson va hayvonlarga ta\'siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldini olish
INSON UCHUN TOK TA’SIRINING POG’ONALARIjadval-7.1 № Tok kuchi, MaTok ta’siri oqibatlari O’zgaruvchan tok O’zgarmas tok 1 0,5 gacha Sezilmaydi Sezilmaydi 0,6-1,5 Qo’lda yengil silkinish Sezilmaydi 2-3 Qo’llarni qattiq silkinishi Sezilmaydi 5-7 Qo’llarni qaltirashi Qo’llarni qizib borishi 5 8-10 Qiyin, ammo qo’llarni ajratib olish mumkin Qo’llarni qizib borishini kuchayishi 20-25 Qo’llar birdaniga paralich bo’lib, ajaratib bo’lmaydi, nafas olish qiyinlashadiQo’llarni qizishini oshishi va mushaklarni qisqa qisqarishi 50-80 Nafas olish paralichlanib, yurak fibriliyatsiyasi sodir bo’ladi. Qo’llarni qizishi, mushaklarni, to’la qisqarishi, nafas olish qiyinlashishi 90-100 Nafas olish paralichlanib va ta’sir vaqti 3s dan oshsa yurak paralichi uz beradi. Nafas a’zolarini paralichlanishi 9 300 va undan yuqori 0,1s dan ko’p bo’lgan ta’sir etish vaqtida nafas va yurakni paralich bo’lishi.Tana to’qimalarini buzilishi. O’lim holati Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldini olishQishloq xo’jaligida, odatda, o’zgaruvchan elektr tokidan foydalaniladi. Ko’pgina qurilma va uskunalar 380V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun esa 220 va 127 V kuchlanishlardan va qo’l asbolarda 36V, 42V kuchlanishlar rostlagichlar orqali ta’minlab beriladi. Elektr xavfsizligi shartlariga ko’ra, elektr qurilmalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga bo’linadi. Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi (tegib ketishi) sabab bo’ladi. Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor (7.1-rasm): ikkita sim orasida ulanib qolish (holat l); sim bilan yer orasida ulanib qolish (holat l l); Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyabzal himoyalanishining holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda 119 kishining holatiga bogliq. Tana, qo’llar orqali tok o’tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok o’tadigan yo’lda yurak, o’pka, miya joylashgan. 7.1-rasm . Insonni elektr zanjiriga qo’shilibqolish sxemasi I – ikki fazali tok; II, III – bir fazali tok; IV – zanjirga qo’shilish bo’lmaydi; 1- neytral elektr manbai; 2- neytralni yerga ulanishi; 3-elektr qurilma; 4-dielektrik boti; 5-rezinali gilamcha; Ffazali tok tarmog’i; 0- nolli tok tarmog’i. 7.2-rasm. Qadamiy kuchlanishning hosil bo’lish sxemasi – kontakt hudud; II- o’ta xavfli hudud; III – xavfsiz hudud; Elektr o’tkazgichlarni uzilishi natijasida va bu o’tkazgichlarni yerga ulangan elektr qurilmalari korpusiga tushishi yoki yerga to’g’ridan–to’g’ri uzilib yotishi natijasida, inson kuchlanish ostidagi tok oqimi ta’siriga tushib qolish holatini (7.2 -rasm. I va II - hududlar) qadamiy kuchlanish deyiladi. Yerning elektr uzatgich bilan kontakt hududidagi potenttsial • maksimal qiymatga, ya’ni o’tkazgich potentsialiga teng bo’lib 20m dan keyin nolga teng bo’ladi. Qadamiy kuchlanish hududida qadamlar kattalashishi bilan qadamiy kuchlanish miqdori o’sib boradi, shuning uchun qadamiy kuchlanish hududlaridan faqatgina kichik qadamlar yoki ikki oyoqda sakrash ususli bilan chiqib ketish mumkin. Odamning elektr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quyidagilar sabab bo’ladi: Elektr qurilmalarini o’rnatish va ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi; Elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o’tkazmaydigan metall qismlarga tegib ketishi; Jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik. Download 23.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling