Elektr transportidan foydalanish va ta’mirlash


Download 348.74 Kb.
bet1/13
Sana18.03.2023
Hajmi348.74 Kb.
#1282642
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ETFT kurs ishi to\'g\'rilangan bolvanka


Kirish
Uslubiy qo’llanma “Elektr transportidan foydalanish va ta’mirlash” fanidan bosqich loyihasini bajarish tartiblarini o’z ichiga oladi.
Bosqich loyihasining maqsadi, berilgan poyezdlar harakati grafigiga ko’ra, elektrovozlarni foydalanish tizimi, ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish asosiy parametrlarini aniqlashdan iborat.
Bosqich loyihasi poyezdlar harakati grafigi ilova qilingan holda tushuntirish matni ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
Birinchi (titul) varaqda bosqich loyihasi nomi, bajaruvchining familiya, ism, sharifi va guruhi ko’rsatiladi.
Matnning ikkinchi varog’ida topshiriq variant va boshlang’ich ma’lumotlar ko’rsatib o’tiladi:

  • topshiriq variant –

  • poyezdlar harakati grafigi raqami –

  • elektrovoz seriyasi –

  • poyezdlar kategoriyasi –

  • tortuv yelkalari uzunligi – AB (L1), AV (L2), BG (L3), GD (L4)

  • poyezd og’irligi –

  • elektrovozning birlamchi bosib o’tgan yo’li koeffitsiyenti – β0

  • juft poyezdlar soni – n

Tushuntirish matni ESKD talablarini hisobga olgan holda, qo’lyozma ko’rinishida, A4 (210x297) format oq qog’ozning bir tarafiga yoziladi. Hoshiyalar o’lchami: chapdan - 25, o’ngdan - 10, yuqori va quyidan -25 mm. Barcha jadvallar, formulalar va rasmlar har bir bo’lim ichida ketma-ket raqamlangan bo’lishi kerak (mazkur uslubiy qo’llanmaga qarang). Rasmlar va jadvallar matnda ko’rsatilgandan so’ng shu zahoti betning o’zida yoki keyingi betda joylashtiriladi.
Poyezdlar harakati grafigi A3 format qog’oz varog’ida qalam yordamida bajariladi.
Barcha nazorat savollariga og’zaki, asoslangan javoblar tayyorlash zarur. Nazorat savollariga javoblar yozilgan ishlar, himoyaga qo’yilmaydi.
Bosqich loyihasini bajarish uchun yuqorida sanab o’tilgan talablar, himoya huquqining majburiy sharti hisoblanadi.



Download 348.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling