Nazorat savollari
Elektrovozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlab chiqarishda texnik jarayonlar TNB(V)vaqt normasi nima uchun aniqlanadi?
Elektrovozlar aylanish qaydnomasi nima uchun tuziladi?
1.3. V stansiyasi bo’yicha elektrovozlar aylanish qaydnomasini tuzish
1.1-jadvalga asosan V stansiyasida bajariladigan barcha texnik jarayonlarga ketadigan vaqt normasini TNV TO-2 texnik xizmat ko’rsatish TTO-2 davomiyligini (daq.) qo’shib hisoblang.
ТNV = t1 + t2 + t3 + ТТО-2 (1.2)
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ ning 2021 yil 12-aprel “Lokomotivlar, motor-vagon harakat tarkiblariga texnik xizmat ko’rsatishni takomillashtirish va ulardan foydalanish, lokomotiv brigadalarining mehnat faoliyati va dam olishini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 361-N sonli buyrug’iga ko’ra, elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatish TO-2 davomiyligi quyidagicha o’rnatilgan: VL60K, VL-80C uchun 2 soat, 2VL60K uchun 4soat, 3VL80C uchun 3 soatdan ko’p emas, O’zekiston, O’zb-Y, O’z-El 2,5 soatdan ko’p emas. Elektrovozlar TO-2 rejadagi vaqtda bajarishda foydalanilayotgan parkdan olinmaydi. Bu vaqt oshib ketgan taqdirda elektrovoz nosoz lokomotivlar tarkibiga (rejadan tashqari ta’mir) o’tkaziladi.
Elektrovozlarni TO-2 bajarish davri normasi “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ning 2021 yil 12-apreldagi №361-H sonli buyrug’iga asosan, lokomotivlarni texnik holati, ulardan foydalanish jadalligidan kelib chiqqan holda, asosan, yo’lovchi elektrovozlar uchun 48 soat va yuk elektrovozlari uchun 72 soat me’yorga ko’ra temir yo’l boshlig’i tomonidan o’rnatiladi.
Barcha elektrovozlar uchun TO-2 aylanish punkti V stansiyasida bajariladi deb qabul qiling.
Texnik jarayonlarni bajarish uchun ketadigan vaqt normasi ni hisobga olgan holda, V aylanish punktida elektrovozlarni poyezdlari bilan bog’lanish chiziqlarini poyezdlar harakati grafigiga kiriting.
V stansiyasi bo’yicha elektrovozlarni poyezdlar bilan bog’lanishini elektrovozlar poyezdlar bilan aylanish qaydnomasini to’ldiring (1.2-jadvalga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |