Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. Reja


ELEKTR USKUNALARINING TUZILISHI BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR


Download 25.9 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi25.9 Kb.
#1475697
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati

ELEKTR USKUNALARINING TUZILISHI BO‘YICHA
UMUMIY KO‘RSATMALAR.


O‘zbekiston Respublikasi «Xizmatlarni sertifikatsiyalash»,
«Standartlashtirish xaqida»gi qonunlariga asosan(Oliy majlisning 28.12.93.dagi
1003-XII, 1006-XII sonli karorlari), O‘zR vazirlar maxkamasining 12.08.94. dagi
409 sonli karori elektr uskunalarda qo‘llaniladigan elektr jihozlar va materiallar
sertifikatsiyalangan, o‘rnatilgan tartib bo‘yicha tasdiqlangan texnik shartlarga
muvofiq bo‘lishi kerak.
Qo‘llaniladigan mashinalar, apparatlar, asboblar, boshqa
shuningdek, elektr jihozlar kabel va simlarining konstruksiyasi bajarilishi,
o‘rnatilish usuli va izolyasiya darajasi tarmoq va elektr uskunasini parametrlariga,
atrof-muhit sharoitlariga va EUTQ tegishli boblarining talablariga muvofiq
bo‘lishi kerak.
Elektr uskunalarida qo‘llaniladigan elektr jihozlar, kabellar va simlar
o‘zlarini me’yoriy, kafolatlangan va hisoblangan tavsiflari bo‘yicha ushbu elektr
uskunasining sharoitlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Elektr uskunalari va ular bilan bog‘liq konstruksiyalari atrof-muhit
ta’siriga nisbatan chidamli yoki shu ta’sirdan himoya qilingan bo‘lishlari kerak.
Elektr uskunalarini qurilish va sanitar-texnik qismlari (bino va uning
elementlarining konstruksiyalari, isitish, ventilyasiya, suv ta’minoti va h.k.)
EUTQda keltirilgan qo‘shimcha talablarni majburiy bajarilishi bilan birga
O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va ko‘rilish davlat kumitasining amaldagi
ko‘rilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq holda bajarilishi lozim.
Elektr usunalari atrof-muhitni ifloslantirish, shovqin, vibratsiya va
elektr maydonlarini zararli va halaqit beruvchi ta’sirini ta’qiqlash haqidagi
amaldagi direktiv hujjatlar «O‘zbekiston Respublikasida radio aloqasidan
foydalanish qoidalari», «Elektr uskunalarida qo‘llaniladigan ximoyalash
jixozlarini ishlatish va tekshirish qoidalari» talablarini qondirishlari zarur.
Elektr uskunalarida chiqindilarni, ya’ni kimyoviy moddalar, moylar,
ahlatlar, texnik suvlar va h.k.larni yig‘ib olish va chiqarib tashlash ko‘zda tutilgan
bo‘lishi lozim. Atrof-muhitni himoyasi bo‘yicha amaldagi talablarga ko‘ra
ko‘rsatib o‘tilgan chiqindilar hovuzlarga, jala suvlarini yig‘ish tizimlariga,
soylarga, hamda ushbu chiqindilar uchun mo‘ljallangan hududlarga tushib qolish
imkoniyati istisno qilinishi kerak.
Elektr uskunalarining loyihalash va sxemalarini tanlash, o‘zaro
joylashishini konstruksiyalash texnik-iqtisodiy taqqoslashlar, sodda va ishonchli
sxemalarni qo‘llash, eng yangi texnikani joriy qilish asosida va ekspluatatsiya
tajribasini rangli metall va boshqa noyob materiallar, jihozlar va h.k.ning eng kam
sarfini hisobga olgan holda bajarilishi shart.
Elektr korroziya yoki er osti korroziya paydo bo‘lish xavfi
tug‘ilganda inshootlar, jihozlar, quvur yo‘llar va boshqa er osti bog‘lanish
yo‘llarini himoyasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
Elektr uskunalarida ularni ayrim elementlarga tegishli qismlarini
oson bilib olish imkoniyati ta’minlanishi kerak (sxemalarning soddaligi va
aniqligi, elektr jihozlarni muvofiq joylashtirilishi, ustki yozuvlar, belgilashlar,
rangliajratish).
Har bir elektr uskunasida bir nomli shinalarning harf-raqamli va
ranglibelgilaribirxilbo‘lishikerak.SHinalarquyidagidekbelgilanishikerak:
1) o‘zgaruvchan uch fazali tok uchun: A fazali shinalari – sariq rang bilan,
V fazasi – yashil, S fazasi – qizil, N ishchi nol faza shinasi – zangori rang bilan va
xuddi shu shinani o‘zi himoya nol fazasi sifatida foydalanilganda – uzunasiga
sariq va yashil yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan;
2) o‘zgaruvchan bir fazali tok uchun: energiya manbasi chulg‘amning
boshiga ulangan A fazasi – sariq rang bilan va oxiriga ulangan V fazasi – qizil
rang bilan.
Agar bir fazali tok shinalarining shahobchasi bo‘lsa, ular tegishli uch fazali
tok shinalaridek belgilanadi;
3) o‘zgarmas tok uchun: musbat shina (+) – qizil rang bilan. manfiy (-) –
ko‘k va M ishchi nol – zangori rang bilan;
4) zahira shinasi – zahiralangan asosiy shinadek; agar zahira shinasi asosiy
shinalardan istalganini almashtirish mumkin bo‘lsa, u asosiy shinalar rangida
ko‘ndalang chiziqlar bilan belgilanadi.
Agar rangli belgilash shinalarni tezkor sovutish yoki korroziyaga qarshi
himoya uchun ko‘zda tutilgan bo‘lganda ham, uni butun uzunlik bo‘yicha bajarish
kerak.
Rangli belgilash shinalarining butun uzunligi bo‘yicha bo‘lmasligi, faqat
ulanish joylarida, ular faqat harf-raqamli belgilanganida yoki rangli va harfraqamli belgilar qo‘shib olib borilganida ruxsat etiladi; agar izolyasiya qilinmagan
shinalarni kuchlanish ostida ko‘rikdan o‘tkazish mumkin bo‘lmaganida ularni
belgilamaslik joiz hisoblanadi.



Download 25.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling