Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. Reja
ISHLATILISH DOIRASI, TA’RIFLAR
Download 25.9 Kb.
|
Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati
ISHLATILISH DOIRASI, TA’RIFLAR.
Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari (EUTQ) 500 kV gacha bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, elektr ta’minlovchi va istimol qiluvchilarni yangidan qurilayotgan va qayta qurilayotgan elektr uskunalariga taalluqli. Ushbu Qoidalarning ayrim talablarini mavjud elektr uskunalariga agar bu elektr uskunani soddalashtirsa, qayta qurish harajatlari texnik-iqtisodiy hisoblar bilan asoslangan bo‘lsa va shu qayta qurish ishlatilayotgan elektr uskunalariga tegishli xavfsizlik talablarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa qo‘llash mumkin. Ushbu Qoidalar talablari qayta qurilayotgan elektr uskunalari uchun faqat uning qayta qurilayotgan qismiga taalluqlidir. Masalan, qisqa tutashuv (QT) shartlari bo‘yicha almashtirilayotgan apparatlarga. EUTQ elektr uskunalari va ularning jihozlarini ekspluatatsiya sharoitida rejali – oldi olinuvchi va profilaktika sinovlarini, ta’mirlashlarni o‘tkazish, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi xodimning amaldagi texnik ekspluatatsiya qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalari talablari hajmida muntazam o‘qitish va bilimlarini tekshirilishi zarurligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Elektr uskunalari deb mashinalar, apparatlar, liniyalar va yordamchi jihozlar (ular o‘rnatilgan qurilmalar va xonalar bilan birga) birlashmasiga aytiladi va ular elektren ergiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, transformatsiyalash, uzatish, taqsimlash va boshqa turdagi energiyaga o‘zgartirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Elektr xavfsizligi bo‘yicha elektr uskunalari Qoidalarga asosan 1000 Vgacha va 1000 V dan yuqori (kuchlanishning effektiv qiymati bo‘yicha) bulgan elektruskunalarigabo‘linadilar. Ochiq yoki tashqi elektr uskunalari deb atmosfera ta’siridan bino yordamida himoya qilinmagan elektr uskunalariga aytiladi. Faqatgina shiypon, to‘rpanjara va hokazolar bilan himoya qilingan elektr uskunalaritashqidebqaraladi. Yopiq yoki ichki elektr uskunalari deb atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi binoni ichida joylashgan elektr uskunalariga aytiladi. Elektr xonalari deb faqat malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodim ( ga qaralsin) uchun kirish mumkin bo‘lgan elektr uskunalari joylashtirilgan xonalar yoki xonaning to‘rlar bilan ajratilgan qismlariga aytiladi. Havoning nisbiy namligi 60%dan oshmagan xonalar quruq xonalar deb aytiladi. Shundayxonalarda–dakeltirilgansharoitlarbo‘lmasa, ular normal xonalar deb aytiladi. Nam xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda bug‘lar yoki kondensatsiya qilingan namlik qisqa vaqt davomida va oz miqdorda ajraladi, havoni nisbiy namligi esa 60% dan yuqori, lekin 75% dan oshmaydi. Zax xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda havoning nisbiy namligidavomliravishda75%danoshadi. O‘ta zax xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda havoning nisbiy namligi 100% ga yaqin (ship, devorlar, pol va xonada joylashgan narsalar namlik bilan qoplangan). Issiq xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda har xil issiqlik nurlanishi ta’siridan doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti bilan (bir sutkadan ortiq) harorat +350S dan yuqori bo‘ladi (masalan, quritgichlar, quritadigan va pishiradigan pechlar joylashgan xonalar, qozonxonalar va hokazo). CHang xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda ishlab chiqarish sharoitlarida texnologik chang shunday miqdorda ajraladiki, u simlarda o‘tirib qolishi, mashina, apparatlar va hokazolar ichiga kirib qolishi mumkin. CHangli xonalar changi tok o‘tkazuvchi xonalar va changi tok o‘tkazmaydiganxonalargabo‘linadi. Kimyoviy aktiv yoki organik muhitli xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki. Ularda doimiy ravishda yoki uzoq vaqt davomida agressiv parlar, gazlar, suyuqliklar bor bo‘ladi, elektr jihozlarining izolyasiyasini va tok o‘tkazadigan qismlarini emiruvchi qatlamlar va po‘panak (mog‘or) hosil bo‘ladi. Xonalar odamlarni elektr tokidan shikastlanish xavfi bo‘yicha quyidagicha farq qiladi: 1. YUqori xavfga ega bo‘lmagan xonalar, ularda yuqori yoki o‘ta yuqori xavf yaratadigan sharoitlar (2 va 3 nimbandlarga qaralsin) bo‘lmaydi. 2. YUqori xavfli xonalar, ular yuqori xavf yaratadigan quyidagi sharoitlardan biri mavjudligi bilan belgilanadi: a) namlik yoki tok o‘tkazuvchi chang (va ga qaralsin); b) tok o‘tkazuvchi pollar (metall, tuproq, temirbeton, g‘isht va h.k. dan qilingan); v) yuqori harorat (ga qaralsin); g) odamning bir vaqtning o‘zida yerga ulangan binoning metall konstruksiyasiga, texnologik apparatlarga, mexanizmlarga va h.k.ga va elektr jihozlarning metall korpusiga tegib ketish imkoniyatlari bo‘lganda. 3. O‘ta xavfli xonalar, ular o‘ta yuqori xavf yaratadigan quyidagi sharoitlardan bittasi mavjudligi bilan belgilanadi: a) o‘ta zaxlik (ga qaralsin); b) kimyoviy aktiv yoki organik muhit (ga qaralsin); v) bir vaqtda ikki yoki undan ko‘p yuqori xavf sharoitlari (nimband 2 ga qaralsin). Uta xvfli xonalarni loyixalash, kurish va ekspluatatsiya qilish uchun urnatilgan tartib bo‘yicha litsenziyaga ega bulish talab etiladi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 28.06.02 dagi 236 sonli karoriga asosan). 4. Tashqi elektr uskunalari o‘rnatilish maydonlari. Odamlarni elektr tokidan shikastlanish xavfi bo‘yicha bu maydonlar o‘ta xavfli xonalarga tenglashtiriladi. Moy to‘ldirilgan apparatlar deb shunday apparatlarga aytiladiki, ularning ayrim elementlari va hamma normal holatda uchqun beruvchi qismlari yoki orasida yoy hosil bo‘luvchi qismlari shu qadar moyga botirilganki, ushbu qismlar va atrof-muhit bilan aloqa imkonlari istisno qilingan. Parametrni nominal qiymati (nominal parametrlar) deb uskunani ishlatish va sinash jarayonida ushbu qiymatdan ochishlarni hisoblash uchun asos qilib olingan va elektrotexnik uskunani ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko‘rsatilgan parametr qiymatiga aytiladi..Malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodim deb, ushbuishlavozimuchun majburiy hajmdagi bilimlar tekshiruvchida o‘tgan va elektr uskunalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi Qoidalarida ko‘zda tutilgan xavsizlik texnikasi bo‘yicha malakaviy guruhga ega, maxsus tayyorlangan shaxslarga aytiladi. EUTQ talablarining bajarilish majburiyligini belgilash uchun «kerak», «shart», «lozim», «zarur» so‘zlari va bulardan kelib chiquvchi so‘zlar qo‘llaniladi. «Qoidadek» so‘zi ushbu talab ustunligini va undan chekinish asoslangan bo‘lishi kerakligini bildiradi. «Ruxsat etiladi» so‘zlari ushbu qaror majburiy (qisib qo‘yilgan sharoitlar, zarur jihozlar, materiallar bo‘yicha cheklangan imkoniyatlar va h.k.lar tufayli), istisno sifatida qo‘llanilish ma’nosini beradi. «Tavsiya etiladi» so‘zi ushbu qarorning eng ma’qullaridan biri, lekin zarur emasligima’nosiniberadi. Kattaliklarni EUTQ da qabul qilingan norma qiymatlaridan «kichik emas» ko‘rsatmasi eng kichigi bo‘ladi va «katta emas» ko‘rsatmasi eng kattasi bo‘ladi. Ratsional o‘lchamlar va normalar tanlanganda ekspluatatsiya va montaj tajribasini, elektr xavfsizlik va yong‘inga qarshi xavfsizlik talablarini hisobga olish zarur. Qoidalarda keltirilgan «-dan» va «-gacha» bo‘lgan qiymatlarni «ichiga olgan» qiymatlar ma’nosida tushunish kerak. Download 25.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling