Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. Reja
ELEKTR USKUNALARINING TUZILISHI BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR
Download 25.9 Kb.
|
Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati
ELEKTR USKUNALARINING TUZILISHI BO‘YICHA
UMUMIY KO‘RSATMALAR. O‘zbekiston Respublikasi «Xizmatlarni sertifikatsiyalash», «Standartlashtirish xaqida»gi qonunlariga asosan(Oliy majlisning 28.12.93.dagi 1003-XII, 1006-XII sonli karorlari), O‘zR vazirlar maxkamasining 12.08.94. dagi 409 sonli karori elektr uskunalarda qo‘llaniladigan elektr jihozlar va materiallar sertifikatsiyalangan, o‘rnatilgan tartib bo‘yicha tasdiqlangan texnik shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Qo‘llaniladigan mashinalar, apparatlar, asboblar, boshqa shuningdek, elektr jihozlar kabel va simlarining konstruksiyasi bajarilishi, o‘rnatilish usuli va izolyasiya darajasi tarmoq va elektr uskunasini parametrlariga, atrof-muhit sharoitlariga va EUTQ tegishli boblarining talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Elektr uskunalarida qo‘llaniladigan elektr jihozlar, kabellar va simlar o‘zlarini me’yoriy, kafolatlangan va hisoblangan tavsiflari bo‘yicha ushbu elektr uskunasining sharoitlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Elektr uskunalari va ular bilan bog‘liq konstruksiyalari atrof-muhit ta’siriga nisbatan chidamli yoki shu ta’sirdan himoya qilingan bo‘lishlari kerak. Elektr uskunalarini qurilish va sanitar-texnik qismlari (bino va uning elementlarining konstruksiyalari, isitish, ventilyasiya, suv ta’minoti va h.k.) EUTQda keltirilgan qo‘shimcha talablarni majburiy bajarilishi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va ko‘rilish davlat kumitasining amaldagi ko‘rilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq holda bajarilishi lozim. Elektr usunalari atrof-muhitni ifloslantirish, shovqin, vibratsiya va elektr maydonlarini zararli va halaqit beruvchi ta’sirini ta’qiqlash haqidagi amaldagi direktiv hujjatlar «O‘zbekiston Respublikasida radio aloqasidan foydalanish qoidalari», «Elektr uskunalarida qo‘llaniladigan ximoyalash jixozlarini ishlatish va tekshirish qoidalari» talablarini qondirishlari zarur. Elektr uskunalarida chiqindilarni, ya’ni kimyoviy moddalar, moylar, ahlatlar, texnik suvlar va h.k.larni yig‘ib olish va chiqarib tashlash ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Atrof-muhitni himoyasi bo‘yicha amaldagi talablarga ko‘ra ko‘rsatib o‘tilgan chiqindilar hovuzlarga, jala suvlarini yig‘ish tizimlariga, soylarga, hamda ushbu chiqindilar uchun mo‘ljallangan hududlarga tushib qolish imkoniyati istisno qilinishi kerak. Elektr uskunalarining loyihalash va sxemalarini tanlash, o‘zaro joylashishini konstruksiyalash texnik-iqtisodiy taqqoslashlar, sodda va ishonchli sxemalarni qo‘llash, eng yangi texnikani joriy qilish asosida va ekspluatatsiya tajribasini rangli metall va boshqa noyob materiallar, jihozlar va h.k.ning eng kam sarfini hisobga olgan holda bajarilishi shart. Elektr korroziya yoki er osti korroziya paydo bo‘lish xavfi tug‘ilganda inshootlar, jihozlar, quvur yo‘llar va boshqa er osti bog‘lanish yo‘llarini himoyasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lishi lozim. Elektr uskunalarida ularni ayrim elementlarga tegishli qismlarini oson bilib olish imkoniyati ta’minlanishi kerak (sxemalarning soddaligi va aniqligi, elektr jihozlarni muvofiq joylashtirilishi, ustki yozuvlar, belgilashlar, rangliajratish). Har bir elektr uskunasida bir nomli shinalarning harf-raqamli va ranglibelgilaribirxilbo‘lishikerak.SHinalarquyidagidekbelgilanishikerak: 1) o‘zgaruvchan uch fazali tok uchun: A fazali shinalari – sariq rang bilan, V fazasi – yashil, S fazasi – qizil, N ishchi nol faza shinasi – zangori rang bilan va xuddi shu shinani o‘zi himoya nol fazasi sifatida foydalanilganda – uzunasiga sariq va yashil yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan; 2) o‘zgaruvchan bir fazali tok uchun: energiya manbasi chulg‘amning boshiga ulangan A fazasi – sariq rang bilan va oxiriga ulangan V fazasi – qizil rang bilan. Agar bir fazali tok shinalarining shahobchasi bo‘lsa, ular tegishli uch fazali tok shinalaridek belgilanadi; 3) o‘zgarmas tok uchun: musbat shina (+) – qizil rang bilan. manfiy (-) – ko‘k va M ishchi nol – zangori rang bilan; 4) zahira shinasi – zahiralangan asosiy shinadek; agar zahira shinasi asosiy shinalardan istalganini almashtirish mumkin bo‘lsa, u asosiy shinalar rangida ko‘ndalang chiziqlar bilan belgilanadi. Agar rangli belgilash shinalarni tezkor sovutish yoki korroziyaga qarshi himoya uchun ko‘zda tutilgan bo‘lganda ham, uni butun uzunlik bo‘yicha bajarish kerak. Rangli belgilash shinalarining butun uzunligi bo‘yicha bo‘lmasligi, faqat ulanish joylarida, ular faqat harf-raqamli belgilanganida yoki rangli va harfraqamli belgilar qo‘shib olib borilganida ruxsat etiladi; agar izolyasiya qilinmagan shinalarni kuchlanish ostida ko‘rikdan o‘tkazish mumkin bo‘lmaganida ularni belgilamaslik joiz hisoblanadi. Download 25.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling