Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. Reja


ISHLATILISH DOIRASI, TA’RIFLAR


Download 25.9 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi25.9 Kb.
#1475697
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati

ISHLATILISH DOIRASI, TA’RIFLAR.

Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari (EUTQ) 500 kV gacha bo‘lgan
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, elektr ta’minlovchi va istimol qiluvchilarni
yangidan qurilayotgan va qayta qurilayotgan elektr uskunalariga taalluqli.
Ushbu Qoidalarning ayrim talablarini mavjud elektr uskunalariga agar bu
elektr uskunani soddalashtirsa, qayta qurish harajatlari texnik-iqtisodiy hisoblar
bilan asoslangan bo‘lsa va shu qayta qurish ishlatilayotgan elektr uskunalariga
tegishli xavfsizlik talablarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa qo‘llash mumkin.
Ushbu Qoidalar talablari qayta qurilayotgan elektr uskunalari uchun faqat
uning qayta qurilayotgan qismiga taalluqlidir. Masalan, qisqa tutashuv (QT)
shartlari bo‘yicha almashtirilayotgan apparatlarga.
EUTQ elektr uskunalari va ularning jihozlarini ekspluatatsiya
sharoitida rejali – oldi olinuvchi va profilaktika sinovlarini, ta’mirlashlarni
o‘tkazish, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi xodimning amaldagi texnik
ekspluatatsiya qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalari talablari hajmida
muntazam o‘qitish va bilimlarini tekshirilishi zarurligini hisobga olgan holda
ishlab chiqilgan.
Elektr uskunalari deb mashinalar, apparatlar, liniyalar va yordamchi
jihozlar (ular o‘rnatilgan qurilmalar va xonalar bilan birga) birlashmasiga aytiladi
va ular elektren ergiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, transformatsiyalash,
uzatish, taqsimlash va boshqa turdagi energiyaga o‘zgartirishga mo‘ljallangan
bo‘ladi.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha elektr uskunalari Qoidalarga asosan 1000
Vgacha va 1000 V dan yuqori (kuchlanishning effektiv qiymati bo‘yicha) bulgan
elektruskunalarigabo‘linadilar.
Ochiq yoki tashqi elektr uskunalari deb atmosfera ta’siridan bino
yordamida himoya qilinmagan elektr uskunalariga aytiladi.
Faqatgina shiypon, to‘rpanjara va hokazolar bilan himoya qilingan elektr
uskunalaritashqidebqaraladi.
Yopiq yoki ichki elektr uskunalari deb atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi
binoni ichida joylashgan elektr uskunalariga aytiladi.
Elektr xonalari deb faqat malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodim (
ga qaralsin) uchun kirish mumkin bo‘lgan elektr uskunalari joylashtirilgan xonalar
yoki xonaning to‘rlar bilan ajratilgan qismlariga aytiladi.
Havoning nisbiy namligi 60%dan oshmagan xonalar quruq xonalar
deb aytiladi.
Shundayxonalardadakeltirilgansharoitlarbo‘lmasa, ular normal xonalar deb aytiladi.
Nam xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda bug‘lar yoki
kondensatsiya qilingan namlik qisqa vaqt davomida va oz miqdorda ajraladi,
havoni nisbiy namligi esa 60% dan yuqori, lekin 75% dan oshmaydi.
Zax xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda havoning nisbiy
namligidavomliravishda75%danoshadi.
O‘ta zax xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda havoning
nisbiy namligi 100% ga yaqin (ship, devorlar, pol va xonada joylashgan narsalar
namlik bilan qoplangan).
Issiq xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda har xil issiqlik
nurlanishi ta’siridan doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti bilan (bir sutkadan ortiq)
harorat +350S dan yuqori bo‘ladi (masalan, quritgichlar, quritadigan va
pishiradigan pechlar joylashgan xonalar, qozonxonalar va hokazo).
CHang xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda ishlab
chiqarish sharoitlarida texnologik chang shunday miqdorda ajraladiki, u simlarda
o‘tirib qolishi, mashina, apparatlar va hokazolar ichiga kirib qolishi mumkin.
CHangli xonalar changi tok o‘tkazuvchi xonalar va changi tok
o‘tkazmaydiganxonalar
gabo‘linadi.
Kimyoviy aktiv yoki organik muhitli xonalar deb shunday xonalarga
aytiladiki. Ularda doimiy ravishda yoki uzoq vaqt davomida agressiv parlar,
gazlar, suyuqliklar bor bo‘ladi, elektr jihozlarining izolyasiyasini va tok
o‘tkazadigan qismlarini emiruvchi qatlamlar va po‘panak (mog‘or) hosil bo‘ladi.
Xonalar odamlarni elektr tokidan shikastlanish xavfi bo‘yicha
quyidagicha farq qiladi:
1. YUqori xavfga ega bo‘lmagan xonalar, ularda yuqori yoki o‘ta yuqori
xavf yaratadigan sharoitlar (2 va 3 nimbandlarga qaralsin) bo‘lmaydi.
2. YUqori xavfli xonalar, ular yuqori xavf yaratadigan quyidagi
sharoitlardan biri mavjudligi bilan belgilanadi:
a) namlik yoki tok o‘tkazuvchi chang (va ga qaralsin);
b) tok o‘tkazuvchi pollar (metall, tuproq, temirbeton, g‘isht va h.k. dan
qilingan);
v) yuqori harorat (ga qaralsin);
g) odamning bir vaqtning o‘zida yerga ulangan binoning metall
konstruksiyasiga, texnologik apparatlarga, mexanizmlarga va h.k.ga va elektr
jihozlarning metall korpusiga tegib ketish imkoniyatlari bo‘lganda.
3. O‘ta xavfli xonalar, ular o‘ta yuqori xavf yaratadigan quyidagi
sharoitlardan bittasi mavjudligi bilan belgilanadi:
a) o‘ta zaxlik (ga qaralsin);
b) kimyoviy aktiv yoki organik muhit (ga qaralsin);
v) bir vaqtda ikki yoki undan ko‘p yuqori xavf sharoitlari (nimband 2 ga
qaralsin).
Uta xvfli xonalarni loyixalash, kurish va ekspluatatsiya qilish uchun
urnatilgan tartib bo‘yicha litsenziyaga ega bulish talab etiladi (O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar maxkamasining 28.06.02 dagi 236 sonli karoriga asosan).
4. Tashqi elektr uskunalari o‘rnatilish maydonlari. Odamlarni elektr tokidan
shikastlanish xavfi bo‘yicha bu maydonlar o‘ta xavfli xonalarga tenglashtiriladi.
Moy to‘ldirilgan apparatlar deb shunday apparatlarga aytiladiki,
ularning ayrim elementlari va hamma normal holatda uchqun beruvchi qismlari
yoki orasida yoy hosil bo‘luvchi qismlari shu qadar moyga botirilganki, ushbu
qismlar va atrof-muhit bilan aloqa imkonlari istisno qilingan.
Parametrni nominal qiymati (nominal parametrlar) deb uskunani
ishlatish va sinash jarayonida ushbu qiymatdan ochishlarni hisoblash uchun asos
qilib olingan va elektrotexnik uskunani ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan
ko‘rsatilgan parametr qiymatiga aytiladi..Malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodim deb, ushbuishlavozimuchun
majburiy hajmdagi bilimlar tekshiruvchida o‘tgan va elektr uskunalarini
ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi Qoidalarida ko‘zda tutilgan xavsizlik texnikasi
bo‘yicha malakaviy guruhga ega, maxsus tayyorlangan shaxslarga aytiladi.
EUTQ talablarining bajarilish majburiyligini belgilash uchun
«kerak», «shart», «lozim», «zarur» so‘zlari va bulardan kelib chiquvchi so‘zlar
qo‘llaniladi. «Qoidadek» so‘zi ushbu talab ustunligini va undan chekinish
asoslangan bo‘lishi kerakligini bildiradi. «Ruxsat etiladi» so‘zlari ushbu qaror
majburiy (qisib qo‘yilgan sharoitlar, zarur jihozlar, materiallar bo‘yicha
cheklangan imkoniyatlar va h.k.lar tufayli), istisno sifatida qo‘llanilish ma’nosini
beradi. «Tavsiya etiladi» so‘zi ushbu qarorning eng ma’qullaridan biri, lekin zarur
emasligima’nosiniberadi.
Kattaliklarni EUTQ da qabul qilingan norma qiymatlaridan «kichik
emas» ko‘rsatmasi eng kichigi bo‘ladi va «katta emas» ko‘rsatmasi eng kattasi
bo‘ladi. Ratsional o‘lchamlar va normalar tanlanganda ekspluatatsiya va montaj
tajribasini, elektr xavfsizlik va yong‘inga qarshi xavfsizlik talablarini hisobga
olish zarur.
Qoidalarda keltirilgan «-dan» va «-gacha» bo‘lgan qiymatlarni
«ichiga olgan» qiymatlar ma’nosida tushunish kerak.


Download 25.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling