Elektr xavfsizlikni ta’minlash


Favqulotda xolatlar oqibatlarini bartaraf etish


Download 33.99 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1621217
1   2   3
Bog'liq
Xayot faoliyati xavfsizligi

4.3. Favqulotda xolatlar oqibatlarini bartaraf etish


Avariyalar, xalokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatning avariya-qutqaruv xizmatini doimiy tayyor xolatini ta’minlash xamda ishlab chiqarish korxonalarida avariyalar va xalokatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarilishi ustidan nazorat qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida favfqulodda xolatlar komiteti tuzilgan.
FX lar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan barcha vazifalar bosqichma-bosqich, aniq ketma-ketlik asosida maksimal qiska muddatlar ichida bajarilishi lozim. Birinchi bosqichda axolini tezkor ximoyalash masalalari, FX lar xavfli faktorlarini tarkalishini cheklash va uning ta’sir darajasini kamaytirish chora-tadbirlari xamda qutkaruv ishlarini amalga oshirish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Axolini tezkor ximoyalashning asosiy tadbirlariga xavf tugrisidagi rejimga rioya qilishni ta’minlash; xavfli zonalardan evakuatsiya qilish; tabiiy proflaktik tadbirlarni amalga oshirish, jaroxatlanganlarga tibbiy va boshqa turdagi yordamlar kursatish kabi ishlar kiradi. FX lar ta’sir doirasini cheklash va uning oqibatilarini susaytirishga qaratilgan tadbirlar asosan: avariyalarni lokalizatsiyalash, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tuxtatish yoki uzgartirish, yonginni oldini olish yoki uni uchirish kabi vazifalarni uz ichiga oladi. Qutqarish va boshka turdagi kechiktirib bulmaydigan tadbirlar jumlasiga boshqarish organlarini, kuch va vositalarni tayyor xolatga keltirish, zararlanish uchogini razvedka qilish va mavjud xolatni baxolash kabi vazifalar kiradi. Ikkinchi bosqich vazifalariga FX lar oqibatlarini bartaraf etish buyicha qutqaruv xamda boshqa kechiktirib bulmaydigan ishlarni amalga oshirish kiradi. Bu ishlar uzluksiz ravishda qutqaruvchilar va bartaraf etuvchilar smenalarini almashtirgan xolda xavfsizlik texnikasi va extiyot choralariga to‘liq amal qilib bajarilishi shart. Qutqaruv ishlari jaraoxatlanganlarni qidirib topish, ularni yonadigan binolar, xarobalar, transport vositalari ichidan olib chiqish, odamlarni xavfli zonalardan evakuatsiya qilish, jaroxatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va shu kabi boshqa yordamlarni amalga oshirish ishlarini uz ichiga olid.
Qutqaruv va kechiktirib bulmaydigan ishlar jumlasiga axolini barcha turdagi vositalar bilan ta’minlash, jumladan, ularni xavfsiz joylarga joylashtirish, oziq-ovqat va suv bilan ta’minlash, tibbiy yordam kursatish xamda material va moliyaviy yordamlar berishni amalga oshirish kabi vazifalar xam kiradi. Ikkinchi bosqich vazifalariga avariyalar, xalokatlar va tabiiy ofatlar yuz bergan rayonlardagi axoli faoliyatini ta’minlash masalalari kiradi. Bu maqsadda turar joylarni tiklash yoki vaqtinchalik turar joylar barpo etish, energiya va suv ta’minotini, aloqa liniyalarini, kommunal xizmat ob’ektlarini tiklash, zararlanish uchogiga sanitar ishlov berish, axoliga oziq-ovqat mahsulotlari xamda birlamchi extiyoj buyumlari bilan yordam ko’rsatish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu busqich nixoyasida evakuatsiya qilingan axoli o‘z joylariga qaytariladi va xalq xujalik ob’ektlarining ishlashi tiklanadi.
Ayrim FX lar ning sodir bulishi oldindan aniqlanishi mumkin. Bunday xolatlarda amalga oshirilishi lozim bulgan barcha ishlar oldindan ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshiriladi.Rejada asosan ikki xil ko‘rinishdagi tadbirlar belgilanadi.Birinchi guruxdagi tadbirlar axolini ximoyalash maqsadida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarga- axoliga xavf tugrisida ma’lumot berish va xabar berish; ximoya vositalarining tayyor xolga keltirish; boshqarish sistemalari va vositalarining tayyorligini tekshirib ko’rish; ShXV larini axoliga tarqatishga tayyorlash va tarqatish; tibbiy proflaktika, sanitar va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish; evakuatsiyaga tayyorlanish va talab etilgan sharoitlarga xavf taxdid soladigan rayonlarda axolini evakuatsiya qilish kabi vazifalar kiradi. Ikkinchi guruxdagi tadbirlarga FX larning xavfli va zararli faktorlarini bartaraf etishga qaratilgan vazifalar kiradi. Bu tadbirlarga-xalq xujaligi ob’ektlari ishini tuxtatish yoki ish rejimini uzgartirish; energiya, suv, gaz sistemasi ish rejimini uzgartirish yoki vaktincha tuxtatish; mavjud injenerlik inshootlarini mustaxkamlash yoki qo‘shimcha qurish; yonginga qarshi tadbirlar utkazish; xavfli rayonlardan material boyliklar va chorva mollarini olib chiqish; oziq-ovqat, oziqa xom ashyosi va suv manbalarini ximoyalash kabi ishlar kiradi.FX lar sodir bulganligi tugrisida xabar olingach, birinchi navbatda belgilangan ma’lumotlarni tugriligi tekshirilib, qo‘shimcha axborot va ma’lumotlar olish buyicha tadbirlar amalga oshiriladi. Chunki, turli xil FX larning xar xil sharoitlardagi oqibatlari turlicha bulishi mumkin. Shu sababali, dastlab, FX lar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bulgan ikkilamchi, uchlamchi va x.k. xavfli faktorlar aniqlanib, keyingagina kompleks tadbirlar amalga oshiriladi.
Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling