Elektr xavsizligi Yong`in xavsizlik qoidalari


Axborotni himoya qilish tizimini amalga oshirish


Download 0.68 Mb.
bet5/6
Sana12.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1699235
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temur Qurbonov

2.3. Axborotni himoya qilish tizimini amalga oshirish
AHQT ob’еktlarda axborot xavfsizligini ko‘p sonli mumkin bo‘lgan xavflardan himoya qilish uchun yaratiladi. U yoki bu xavfni blokirovkalash uchun himoya qilishning usullarini va vositalarini ma’lum bir to‘plami ishlatiladi. Ularning ba’zi birlari axborotni bir vaqtning o‘zida bir nеchta xavflardan himoya qiladi. Usullarning ichida univеrsal usullar ham mavjuddir, ular istalgan himoya qilish tizimi uchun asosiy hisoblanadi. Bu axborotni himoya qilishning huquqiy usullaridir, bu ixtiyoriy vazifali himoya qilish tizimini rasmiy ravishda kurishni va ishlatishni asosi bo‘lib xizmat qiladi; bu tashkiliy usullardir, ular odatda bir nеchta xavflarni bartaraf (qaytarish) etish uchun ishlatiladi; bu tеxnik usullardir, ular tashkiliy va tеxnik tadbirlarga asoslangan holda ko‘pchilik xavflardan axborotlarni himoya qiladi.
- kompyuter jinoyatchiligi uchun jazolash mе’yorlarini ishlab chiqish;
- dasturlovchilarni mualliflik huquqlarini himoya qilish;
- jinoiy va fuqarolik qonunchiligini, hamda kompyuter jinoyatchiligi sohasida sud ishini mukammallashtirish;
- kompyuter tizimlari ishlab chiquvchilar ustidan jamoat nazorati masalalari;
- bu masalalar bo‘yicha mos xalqaro shartnomalarni qabul qilish va h.k.
Axborotni himoya qilishni tashkiliy choralari ko‘rib chiqadi:
- kompyuter tizimlarini qo‘riqlashni;
- xodimlarni tanlab olish;
- o‘ta muhim ishlarni faqat bir kishi tomonidan olib borilishi holatlarini inkor qilish;
- tizimni, u ishdan chiqqanidan kеyin, ishlash qobiliyatini tiklash rеjasini borligi;
- axborot xavfsizligi tizimini ta’minlaydigan shaxslarga javobgarlikni bеrish;
- kompyuter markazini joylashgan joyini tanlash va h.k.
Axborot – huquq ob’еktidir. Kompyuter jinoyatchiligi uchun asboblar sifatida tеlеkommunikasiya va hisoblash tеxnikasi vositalari, dastur ta’minoti va intеllеktual bilimlar, ularni mukammallashgan sohalari nafaqatgina kompyuterlar, korporativ va global tarmoqlargina bo‘lib kolmasdan, balki zamonaviy yuqori axborot tеxnologiyalari vositalari ishlatiladigan, katta xajmdagi axborotlar qayta ishlanadigan, masalan, statistika va moliya institutlari, faoliyatni istalgan sohasi bo‘lishlari mumkin.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ushbu hisobotda amaliyot davrida o‘rganilgan eng asosiy bilim va ko‘nikmalarni yoritganman. Undan tashqari hammamizga ma’lum bo‘lgan elektr texnikasi bilan ishlash bo‘yicha ba`zi bir ma’lumotlarni keltirib o`tganman va hozirda hammamiz bilishimiz kerak bo`lgan yong`in xavsizlik qoidalari haqida ham biroz ma’lumot keltirib o`tganman. Rivojlanib borayotgan davrda ma`lumotlarni yo`qotish oson. Shuning uchun ushbu hisobotda ma’lumotlarni uzatish vositalari hamda axborotlarni himoyalash haqida ba’zi bir ma`lumotlarni berib o`tdim. Axborotlarni himoyalash davr talabi. Chunki axborotlar shaxsiy bo`lishi mumkin, korxonaning asosiy ma`lumotlari yoki qandaydir muhim axborot bo`lishi mumkin ularni yo`qotish katta muammolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ushbu hisobotda axborotni himoyalashning tarkibiy choralari haqida ham ma`lumot berib o`tganman. Biz faqat axborot himoyasini emas balki uni sizib chiqishini ham oldini olishimiz lozim. Axborot yo`qolishiga eng asosiy aybdor o`zimiz hisoblanamiz. Ushbu hisobotda kompyuter tarmoq topologiyasi haqida ham ma`lumot berib o`tganman. Biz ma’lumotlarni himoyalash hamda ularni uzatish tizimlarini bilishdan oldin albatta tarmoq topologiyasini qurishni bilishimiz lozim.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling