Elektr yoy pechlari Reja
Download 117.75 Kb.
|
Elektr yoy pechlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglerodli shixta asosida pechlarda po‘lat eritish.
- Pechlarni tayyorlash.
- Bilvosita ishlovchi EYoP lari
- Qarshilik elektr yoy pechlari
- Vakuum yoy pechlari
Elektr yoy pechlari Reja: 1. Elektr yoy pechlarining elektr jihozlari. 2.Elektr yoy pechlarining turlari. 3.Oksidlash davri. 4.Tiklash davri 5. Poʻlat eritish pechlarining ish rejimi. 1. Elektr yoy pechlarining elektr jihozlar Pech transformatori, drossellar, himoya kommutatsion apparatlardan tashkil topgan. 0,5; 1,5 va 3 t sig‘imli yoyli pechlarning tuzilishi, ta’minot manbasi va sovutish tizimi koʻrsatilgan. (1 - rasm)
Uglerodli shixta asosida pechlarda po‘lat eritish. Bunday texnologiya kichik va o‘rta hajmli (≤40 t) pechlarda, sifatli legirlangan po‘latlarni eritishda qo‘llaniladi. Eritish quyidagi davrlardan tashkil topgan: pechni tayyorlash, shixtalarni yuklash, eritish, oksidlash davri, tiklash davri, po‘latni chiqarish. Pechlarni tayyorlash. Tayyorlash – bu yemirilganlarni va buzilgan tang futirovkalarni tog‘rilash. Navbatdagi eritma chiqarilgach tagdagi qoldiq metall va shlakdan tozalanadi. Taglikning buzilganlari va chetki sirtlariga magnezitli porshok qoplanadi. Tayyorlashlar davomiyligi 10-15 min oralig’ida bo’ladi. Eritish. Yuklash ishlari tugatilgach elektrodlar shixtaga tekkunicha tushiriladi va tok ulanadi. Yuqori harorat yoyi ta’sirida shixta elektrodlar ostida eriydi, suyuq metall pastga oqadi, taglikning o‘rta markaziy qismida yig‘ila boshlaydi. Elektrodlar shixtada «quduqlarni» eritib, asta-sekin pastka tusha boshlaydi va eng pastki holatga yetadi. Suyuq metallarning miqdori ortib borishi bilan elektrodlar ko‘tariladi. Bu yoy uzunligini ma’lum bir masofada ushlab turish uchun avtomatik rostlagichlar yordamida erishiladi. Eritish transformatorning maksimal quvvatida olib boriladi. Erish davrida shixtalardan tashkil topgan oksidlanish sodir bo‘ladi, shlak shakllanadi, qisman shlakdan fosfor va oltingurgutdan tozalanadi. Achishning ulushlari, metall shixtalari kuygan va metall zanglari, kirtilishida kislorodli muhit hisobiga amalga oshadi. Eritishni tezlashtirish uchun ba’zan gaz kislorodli yondirgichlari qo‘llaniladi, pech devorlari orqali yoki tang qismi orqali ishchi kenglikka kiritiladi, suq metallga kislorod kiritish imkonini beradi. 4-6 m2 kislorod sarflanishida eritish davomiyligi 10-20 minga qisqaradi. Eritish davrining davomiyligi pech transformatorining quvvati bilan aniqlanadi va 1,1 dan 3,0 soatni tashkil qiladi. Eritish davrida elektr energiyaning sarfi 400-480 kVt.s/t ni tashkil qiladi. Elektr yoy pechlari ( EYoP ) metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshka jabxalarida kullaniladilar. Ular quyidagi turlarga bo‘linadilar: 1. Bilvosita ishlovchi EYoP lari - ularda elektr yoyi issiqlik ishlovi berilayotgan (eritilayotgan) metall ustida joylashgan elektrodlar urtasida hosil qilinadi va bunda elektr yoyi va metall urtasidagi issiqlik almashuvi - nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi. 2. Bevosita ishlovchi EYoP lari - ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall urtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatiladi. 3. Qarshilik elektr yoy pechlari - bunday pechlarda yoy elektr o‘tkazuvchan shixta qatlami ostida yonadi, bunda issiqlik kisman yoy razryadida va kisman shixta orqali tok oqib utishi oqibatida eritilayotgan materialda ajralib chikadi va pech hajmiga uzatilayotgan issiqlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurli issiqlik almashuvi va kisman konveksiya usullarida amalga oshiriladi. 4. Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuk metall vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi). 5. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi yordamida amalga oshiriladi. Download 117.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling