Elektr yuritma asoslari Elektr yuritma tushunchasi va uni yaratilishi


Download 60.66 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi60.66 Kb.
#1769112
Bog'liq
11-Mavzu Elektr yuritma asoslari


Elektr yuritma asoslari
1. Elektr yuritma tushunchasi va uni yaratilishi
2. Elektr yuritma turlari.
3. Elektr yuritmani ishlatish sohalari

Elektr yuritma deb elektr motor, uni boshqaruvchi (ishga tushiradigan, tezligini rostlaydigan, tormozlab to‘xtatadigan) elektr apparatlari va motor bilan ish mashinasi orasidagi mexanik uzatmadan iborat qurilmaga aytiladi. Boshqarish apparatlari vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to‘xtatiladigan yoki yuklanishni o‘zgarishiga qaramay aylanish tezligini o‘zgartirmay saqlaydigan hamda aylanish yo‘nalishini teskari tomonga aylantiradigan yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma deyiladi. Texnologiya talablariga binoan tezligi majburiy ravishda o'zgartiriladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Elektr motorining xillari quyidagi belgilarga ko ‘ra aniqlanadi. Elektr tokining turiga ko‘ra o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok motoriari bo‘ladi. O‘zgarmas tok motoriari, o‘z navbatida, qo‘zg‘atish chulg'amining ulanish sxemasiga ko‘ra parallel, ketma-ket va aralash (shuntli, series va kompaund) qo‘zg‘atishli motorlarga bo‘linadi.


O‘zgaruvchan tok motorlari esa rotor bilan stator magnit maydonining bir-biriga nisbatan aylanish tezliklariga ko ‘ra — asinxron va sinxron deb ataluvchi motorlarga bo ‘linadi. Asinxron motorlar, o‘z navbatida, rotor chulg'amiga ko‘ra qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorli (kontakt halqali) motorlarga bo‘linadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motoriari esa rotoming tuzilishiga ko ‘ra, bir va ikki katakdan iborat qisqa tutashtirilgan chulg‘amli hamda chuqur pazli motorlarga bo‘linadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar fazalar soniga ko ‘ra, uch fazali va bir fazali bo‘ladi.



Baraban yuritmali elektr yuritma

tenglamasi:
Elektr yuritmadagi elektr motor valiga ta' sir etuvchi momentlarning muvozanat
±Mem = Ms± Mdin = MS±J^ ~~ em s _ nt-fL s ~~~ j
bunda, Mem - elektr motor validagi aylantiruvchi moment, N • m, Ms - statik moment, N • m, Mdin - ishga tushirish va tormozlashda paydo bo'ladigan dinamik moment, N • m, J - massa va aylanuvchi detallarning inersiya radiusiga bog'liq inersiya moment, kg • m2, dmddt - elektr motor valining burchak tezlanishi, rad/s2.
Mexanik tizimdagi barcha harakatlanuvchi qismlarning motor o'qiga keltirilgan inersiya momenti:
J = m^p2 = GD2/4g
bunda, G - jismning og'irligi, D = 2 p (p-inersiya radiusi), g = 9,81 m/s2 - erkin tushish tezlanishi.
formuladagi GD2 - kattalik siltash moment deb ataladi. Uning qiymati har bir motor qo'zg'aluvchi qismi uchun ma'lumotnomalarda beriladi va bu kattalik o'zgarmas bo'ladi.
Qarshilik momentining tezlikka bog'liqligi:
m
Ms = Ms0 + MSnn - Ms0}(—)x
Mn
bunda, x - tezlik o'zgarishi bilan qarshilik momentini o'zgarishini xarakterlovchi daraja ko'rsatkichi, Ms0 - salt ishlash moment, Msn - nominal qarshilik momenti, mn -
nominal tezlik, m - Ms qarshilik momentidagi mexanizmning tezligi. Qarshilik momentlarini bitta o'qga keltirish:
1
Mkel = Msm ~ ■ ■
i1 • i2 •-• in ^1 ^2 •^•^n
bunda, n - mexanik uzatmadagi elementlar soni, M - n-elementdagi qarshilik momenti, i - mexanik uzatmaning uzatish soni, p - mexanik uzatmaning F.I.K.i.
Inersiya momentlarini bitta o'qga keltirish:
n

ii 22 ii • % n
yoki Jkei = ^ • r2
i=1
yoki Jkei = P2 \rnt = m-p2
i=1
bunda, Jm - elektr motorning inersiya momenti, J1, J2 - mexanik uzatmalarning inersiya momentlari, m - jism massasi, kg, r - m massaning o'g'irlik markazidan aylanish o'qigacha bo'lgan eng qisqa masofa, m, p - inersiya radiusi.
Elektr yuritmaning harakat tenglamasi:
Zdv
F = m — = ma (ilgarilanma harakatda) dt
Zdai
M = J —— = Js (aylanma harakatda) dt
Download 60.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling