Elektr yuritma asoslari


Download 0.6 Mb.
bet4/5
Sana26.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1232463
1   2   3   4   5
Mexanik uzatuvchi qurilma turiga qarab, reduktorli (bu yerda mexanik uzatuvchi qurilmaning biron-bir turi ishlatiladi) va reduktorsiz EYU larga (bunda elektr dvigateli ijro organi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri biriktirilgan bo‘ladi) ajratiladi.
Elektr o‘zgartiruvchi qurilma turiga qarab elektr yuritmalar farqlanadi:
ventilli elektr yuritma, bunda o‘zgartiruvchi qurilma sifatida ionli va yarim o‘tkazgichli ( tiristorli yoki tranzistorli) o‘zgartkichlar ishlatiladi. Hozirgi paytda quyidagi turdagi ventil elektr yuritmalar ko‘plab ishlatilmoqda: "boshqariladigan to‘g‘rilagich - dvigatel" (BT-D) sistemasi (ventilli o‘zgarmas tok elektr yuritmasi); " chastota o‘zgartkich - dvigatel sistemasi ( ventilli o‘zgaruvchan tok elektr yuritmasi);
elektr mashinali o‘zgartkich agregatli yoki magnit kuchaytirgichli elektr yuritma ("generator-dvigatel" va "magnit kuchaytirgich-dvigatel" sistemalari).
Mexanik energiyani uzatish usuliga qarab elektr yuritmalar guruxli, o‘zaro bog‘langan va yakka yuritmalarga bo‘linadi.
Guruxli EYU da bir dvigatel bir yoki bir necha ishchi mashinalarning bir necha ijro organlari uchun ishlaydi. Bu ko‘rinishdagi yuritma o‘zining tejamsizligi va ishlatishdagi noqulayligi sababli, hozirgi paytda deyarli qo‘llanilmaydi.
O‘zaro bog‘langan EYU, elektr yoki mexanik bog‘langan ikki yoki bir necha yakka yuritmalarni o‘z ichiga oladi va ular birgalikda bir yoki undan ko‘proq ijro organlari uchun ishlaydilar. Agar, bunda dvigatellar o‘zaro mexanik bog‘langan bo‘lib, umumiy val uchun ishlashsa, unda bunday o‘zaro bog‘langan EYU lar ko‘p dvigatelli; agar dvigatellar elektr zanjirlari orqali bog‘langan bo‘lsa, unda bunday o‘zaro bog‘langan EYU elektr vali deyiladi.
YAkka xoldagi EYU da ishchi mashinaning xar bir ijro organi o‘zining aloxida o‘rnatilgan dvigateli bilan harakatlantiriladi. Bu ko‘rinishdagi yuritma hozirgi paytda asosiy xisoblanadi, chunki bunda dvigateldan ijro organiga kinematik uzatma soddalashadi, texnologik jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi, ishchi mashinaga xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi. Bundan tashqari yakka EYU o‘zining yuqori energetik ko‘rsatkichlari bilan xam ajralib turadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling