Elektr yuritma asoslari


Elektr yuritmaning vazifalari va unga qo‘yiladigan talablar


Download 0.6 Mb.
bet3/5
Sana26.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1232463
1   2   3   4   5

Elektr yuritmaning vazifalari va unga qo‘yiladigan talablar


Elektr yuritma, ishlab chiqarish mashinasining ijro organiga mexanik energiyani keltirib berib, uning harakatini xosil qiladi. SHuning uchun, EYU ga qo‘yiladigan talablar IO larning harakat yo‘nalishi va uni ko‘rsatgichlarini o‘zgarishiga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqadi.
1.1 jadvalda Hozirda mavjud bo‘lgan asosiy texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish mashinalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan. Jadvalning 3 ustunida esa yuritma tomonidan ta’minlanadigan va ijro organlari harakatiga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablar ko‘rsatilgan.
EYU ijro organlari harakatini ta’minlash bilan birgalikda texnologik jarayonlar va operatsiyalarni avtomatlashtirishning turli vazifalarini xam bajaradi.
SHuning uchun jadvalning 4 ustunida, yuritma uchun tez-tez vujudga keladigan va xal qilinadigan, shu bilan birga keng tarqalgan vazifalari xam ko‘rsatilgan.

Elektr yuritmalarning tasnifi (klassifikatsiyasi)


Elektr yuritmalar asosan harakat ko‘rinishi va tezlikni boshqarish darajasi, elektr va mexanik uzatuvchi qurilmalarining turi, mexanik energiyani uzatish usuliga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi.
Harakat ko‘rinishi bo‘yicha EYU lar bir yo‘nalishidagi yoki reversiv aylanma va ilgarilama harakatli, shuningdek qaytalanma ilgarilama harakatlilarga farqlanadi.
Tezlikni rostlash prinsipiga bo‘yicha EYU lar quyidagilarga bo‘linadi:
rostlanmaydigan (ijro organi biron bir o‘zgarmas tezlik bilan harakatga keltiriladi);
rostlanuvchi (EYU ga ta’sir yo‘li bilan ijro organini harakat tezligi texnologik jarayon talablariga mos ravishda o‘zgartiriladi);
taqlidchi (EYU yordamida ixtiyoriy o‘zgaruvchi topshiriq signaliga mos ravishda ijro organining harakati takrorlanadi);
dasturiy (programmali) boshqariluvchi (EYU ijro organining harakatini oldindan berilgan dasturga mos ravishda ta’minlaydi);
moslashuvchi (adaptiv, EYU ijro organining maqbul (optimal) harakatini, uning ishlash sharoitini o‘zgarishiga mos ravishda avtomatik taominlaydi);
o‘ringa joylashuvchi (pozitsion, EYU ijro organining joylashish o‘rnini rostlashni ta’minlaydi).

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling