Namuna: Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan “Tushunchalar tahlili”


Download 18.89 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi18.89 Kb.
#1109348
Bog'liq
3 mustaqil ish maxsus sirtqi uchun




3-mustaqil ishning 1-rejasini yoritishda quyidagi na’munadan foydalaning.


Namuna: Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan “Tushunchalar tahlili”


Tushunchalar

Sizningcha bu qanday tushuncha, qanday ma’noni anglatadi?

Qo‘shimcha ma’lulot

Egosentrizm







Ramz







Kristallangan aql







Nativizm







Fonologik xabardorlik








Izoh: Ikkinchi ustunga talabalar tomonidan fikr bildiriladi. “Qo‘shimcha ma’lumot” ustunida esa tushunchaning asl ma’nosi yoritiladi. Tushunchalarni aynan fanimiz doirasida izohlang (internetdan izlab ko‘chirmang!)


3-mustaqil ishni 2-rejasini yoritishda amaliy yondashishingizni so‘rayman. Buning uchun 5 yosh, 6yosh va 7 yoshdagi bolalarning har biriga bitta mavzuda rasm chizdiring. So‘ngra ularni chizgan rasmlarini solishtirib, aqliy rivojlanishdagi o‘zgarishlarni yozma tarzda izohlang.
Eslatma: Bolalar rasm chizayotganlarida birga suratga tushing, lekin topshiriqni mustaqil bajarishlarini ta’minlang. Chizilgan rasmlarni hemis platformasiga joylang.

3-mustaqil ishni 3-rejasida quyidagi kazius bilan tanishib chiqing va o‘z munosabatingizni bildiring.
Kazius: “Ta’limiy jatayonda”
Tarbiyachi o‘zining 25 nafar tarbiyalanuvchilariga Maktabgacha ta’lim tashkiloti hayoti, tartib-intizom, tozalikka rioya qilish haqida soʻzlab berardi. Barcha tarbiyalanuvchilar diqqat bilan tarbiyachini tinglar edilar. Shu payt MTT direktori gutuhga yangi tarbiyalanuvchi – Abubakrni tanishtirish uchun olib kirdi. Ta’limiy faoliyat jarayonida tarbiyalanuvchi Abubakrning “r” harfini “y” talaffuz qilishini eshitgan guruhdagi tarbiyalanuvchilar birdaniga kulib yuborishdi.
Bu holatdan soʻng Abubakr qizarib ketdi va yig’lab yubordi.
Kazius boʻyicha savol va topshiriqlar:
1. Vaziyatni tahlil qiling.
2. Bu vaziyatda siz tarbiyachi sifatida nima qilasiz?
3. Sizningcha bu holat kelib chiqishiga nimalar sabab bo‘ldi?
Adabiyotlar ro`yxati:



  1. M. Teresa, Mc. Devitt, Jeanne Ellis Ormord. Child development and education. Pearson; 7 edition February 7, 2019, 800 pages.

  2. Nishanova Z.T., Kamilova N.G`., Abdullayeva D.U., Xolnazarova M.X. “Rivojlanish psixologiyasi”. Darslik. – Т.: “Print 25” nashriyoti, 2019-yil

  3. G`oziyev E.G`. “Umumiy psixologiya”. O‘quv qo‘llanma. 1-2-tom. 2009.


4. Mustaqil ishni Times New Roman shriftida, 14 kattalikda, Microsoft Wordda yozing.
1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 20 ball.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, jumladan, bolaning aqliy rivojlanshidagi o‘zgarishlarni amaliy-ijodiy yondashib to‘liq yoritsa, 18-20 ball bilan baholanadi.

  2. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 16-17 ball qo‘yiladi.

  3. Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa, 14-15 ball qo‘yiladi.

  4. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo‘lsa, 12-13 ball qo‘yiladi.

  5. Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 10, 11 ball qo‘yiladi.

  6. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.

  1. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.

  2. Topshirish muddati: 07.01.2023 yil, soat: 23:55.

  3. Men sizga ishonaman va omad tilayman!!!



Fan o‘qituvchisi: S.Asilova.
Download 18.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling