Elektr yuritma mexanikasi. Turli texnologik jarayonlarda qo‘l anilasdigan ish mashinalarining mexanik tavsiflari
Download 93.18 Kb.
|
Yоrdamchi mexanizmlarining elektr yuritmalarini boshqarish sxemalari
Ko‘p motorli elektr yuritmalar. Murakkab ish mashinasining ayrim ish organlariga mexanik energiyani bir markazdan taqsimlash har tomonlama noqulaylik tug‘dirib, undagi quvvat isrofining katta bo‘lishiga olib keladi. Murakkab stanoklar yoki mashinalarning har bir ish organi alohida elektr motori bilan harakatga keltirilsa, ularni avtomatlashtirish va ishga tushirish ancha engillashadi va qulaylashadi, uzatmaning konstruktsiyasi esa soddalashadi. Irrigatsiya va melioratsiya ishlarida qo’l aniladigan EKG-5 ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli chastotali-rostlanuvchi elektr yuritmasi bunga misol bo’la oladi(.2-rasm.)
Ushbu yuritma EKG-5 ekskovatorining ko’tarish(1), bosim(2), platformani aylantirish(3), zanjirli gildirak(4) va kovsh(cho’mich)ning tagini ochish(5) yuritmalariga mo’ljal angan 5 ta o’zgarmas tok dvigatel arini qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatel arga alishtirishni ta’minlaydi. Bu o’z navbatida EKG-5 ekskovatorining elektr yuritmasi FIK ni 90% gacha, quvvat koeffitsientini esa 95% gacha orttirish imkonini yaratadi. Elektr motorlari ish organidan alohida o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday mashina yoki mexanizm yuritmalari oddiy ko‘p motorli elektr yuritmalar deb ataladi. Elektr motorlari murakkab mashinaning ish organlariga bevosita o‘rnatilsa, bunday yuritmani individual ko‘p motorli elektr yuritma deb ataladi. Bunday elektr yuritma maxsus stanoklarda, agregat va nusxa olish stanoklarida keng qo‘l aniladi. Elektr motorlari sistemasiga ega bo‘lgan bir necha ish mashinalarining kompleks ishlab chiqarishda o‘zaro mos ishlashini ta’minlaydigan yuritmani agregatlangan ko‘p motorli elektr yuritma deb ataladi. Bunday elektr yuritmalar to‘qimachilik, qog‘oz ishlab chiqarish, bosmaxona mashinalari va stanoklarning avtomat liniyalarida keng qo‘llaniladi. Boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to‘xtatiladigan va berilgan chastota, tok yoki momentni o‘zgartirmay saqlab turadigan yuritmani avtomatlashtirilgan elektr yuritma deb ataladi. Texnologik talablarga binoan chastotasi keng miqyosda o‘zgartiriladigan yuritma rostlanuvchi elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanuvchi elektr yuritmada yuqoridagi uch asosiy qismlardan tashqari o‘zgartgich deb ataladigan qism ham bo‘lishi mumkin. Avtomatlashtirilgan elektr yuritma bilan texnologik jarayonni takomillashtirish, uning talablarini to‘la qondirish, ish unumini ko‘tarish, mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini pasaytirish imkonlari yaratiladi. Funktsional sxemalarda funktsional birlik sifatida alohida qurilma olinadi va ularni ishlash tamoyili bilan bog‘lab beriladi. Prinsipial sxemalarda esa elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr bog‘lanishlar bir chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, kommutatsion apparatlar rele va h.k.) shartli belgilar orqali ko‘rsatiladi. Download 93.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling