"UY. Odam. Daraxt " metodikasi


Download 320.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.11.2023
Hajmi320.64 Kb.
#1752154
  1   2   3   4   5   6


6-LABAROTORIYA MASHG’ULOTI:
“UY.ODAM.DARAXT ” METODIKASI. 
Bu proyektiv metodika 1948 yilda J. Buk tomonidan ishlab chiqilgan. 
Metodika barcha yoshdagi sinaluvchilarga mo‘ljallangan, uni guruhda ham 
o‘tkazish mumkin.
Metodikaning mohiyati shundan iboratki, sinaluvchiga uy, daraxt, odam 
rasmini (butun bo‘yiga) chizish yo‘riqnomasi beriladi. So‘ng ishlab chiqilgan reja 
asosida savol-javob qilinadi.
R.Berne metodikadan foydalanish davrida uy, daraxt, odam tasvirini bitta 
sur’atda, yaxlit sahnani ifodalashni so‘raydi. Uy, daraxt, odam o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabat ko‘rish metaforasini paydo qiladi deb, hisoblanadi. Agar butun rasm 
harakatga keltirilsa, hayotimizda ro‘y berayotgan hodisalarni ko‘rish mumkin.
Tahlilning asosiy usullaridan biri, rasmni qay ketma-ketlikda chizilishiga 
ahamiyat berish. Agar daraxt birinchi bo‘lib chizilgan bo‘lsa, unda inson uchun 
asosiy narsa hayotiy energiya hisoblanadi. Agar dastlab uy surati chizilsa, unda 
xavfsizlik, muvaffaqiyat birinchi o‘rinda bo‘ladi, yoki buning aksi bo‘lganda, bu 
tushunchalarga bepisandlik munosabatni ilg‘ash mumkin. 
«UY – DARAXT – ODAM»
rasmi metodikasining sharhi 
Uy 
Uy eski, vayron bo‘lgan – ba’zida subyekt bu bilan o‘z-o‘ziga 
munosabatini namoyon qiladi.
Uy uzoqda chizilgan bo‘lsa – inkor etilganlik, xo‘rlanganlik.
Uy yaqinda bo‘lsa – ochiqlik, kamsuqumlik, iliqlik va mehmondo‘stlik. 
Agar uy o‘rniga uning proyeksiyasi (yuqoridan ko‘rinishi) chizilgan 
bo‘lsa – jiddiy nizolar, muammolar belgisi.
Shahar uyi, ko‘p qavatli bino – quruq, odamovi, o‘z muammolari bilan 
tanho odam. 
Juda past tomli kichik uy – juda charchagan, ezilgan, o‘tmishni eslashni 
yaxshi ko‘radigan, odatda bu o‘tmishdan ham hech narsa topmaydigan odam. 
Qasr – yetgiltaklik, jiddiy emaslik, bunday odamda juda oshirib yuborilgan 
xayol mavjud, lekin odatda u o‘zining real vazifalarini amalga oshirishga ulgura 
olmaydi.

Download 320.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling