URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
TЕХNIKA FAKULTЕTI
BINO VA INSHOOTLAT TIPOLOGIYASI
FANIDAN
BIR QAVATLI SANOAT BINOLARI
mavzusidagi
MUSTAQIL ISH
REFERATI
BAJARDI: 211 arxitektura guruhi talabasi
imzo
BAHODIROV SHOHRUXBEK
QABUL QILDi: m.b.sETMAMATOV
Urganch 2022 yil
MAVZU. Bir qavatli sanoat binolari
REJA:
1. Bir qavatli sanoat binolari haqida.
2. Binolarning tasnifi va konstruktiv sxemalari
3. Qurilish rejasini chizish ketma-ketligi
4. Yordamchi binolar va binolar uchun kosmik rejalashtirish echimlari
Bir qavatli sanoat binolarining rejasi oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
Odatda rejasi to’g’ri to’rt burchakli bo’lgan sanoat binolari ko’proq uchraydi.
Ishlab chiqarish jarayoni davomida issiqlik, gaz va is ajralib turishi bilan bog’liq bo’lsa, bulardan tashqari tsexlar ichidan chiqindi suvlarining oqib ketishini hamda ifloslangan havoni almashtirib turishni tashkil qilish talab etilgan bo’lsa, u holda sanoat binolari rejasi murakkab bo’lishi mumkin. Hozirgi zamon bir qavatli ko’p oraliqli turga mansub bo’lgan sanoat binolari konstruktsiyalari asosan: yuklarni poydevorga uzatuvchi ustundan, yopma qismi ko’taruvchi konstruktsiyalardan yopmani ko’taruvchi qismlari-to’sin, ferma va arka yopma va yopma elementlari ustun tokchasiga qo’yilgan kran osti to’sinlari, tsex ichini yorituvchi va havoni almashtiruvchi tom derazalari, vertikal qilib qo’yilgan to’suvchi konstruktsiyalar (bino devori, ichki devorlar, deraza konstruktsiyalari) poydevor va belbog’ to’sinlari, kishilar va transport kirib chiqish uchun mo’ljallangan eshik va darvozalardan iborat bo’ladi. Bir qavatli binolar ko’pincha poydevorga mustahkamlangan bino ustuni va rigeldan (ferma yoki to’sin), ya’ni rama tizimida ko’riladi.
Agarda yopma ko’taruvchi konstruktsiyalari fazoviy tizim ko’rinishida bajarilgan svod, gumbaz, qobiq yig’malardan iborat bo’lsa bular o’z navbatida sinchning bo’ylama ko’ndalang elementlari bo’lib hizmat qiladi.
Karkasning fazoviy birligini mahsus gorizontal va vertikal bog’lanishlar yordamida oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |