"UY. Odam. Daraxt " metodikasi
Gorizontal o‘lchamlariga urg‘u berilgan devor
Download 320.64 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxlit ko‘rinishdagi devor
- Eshikning yo‘qligi
- Yon eshiklar
- Juda kichik eshik
Gorizontal o‘lchamlariga urg‘u berilgan devor – vaqtlar oralig‘ida
mo‘ljal olishda qiynalish (o‘tmish yoki kelajakning ustun bo‘lishi). Subyekt atrof- muhit ta’siriga sezgir bo‘lishi mumkin. Yon konturi juda yupqa va noadekvat devor – fojiani oldindan his qilish. Devorning konturi chiziqlariga juda urg‘u berilgan – nazoratni saqlab qolishga ongli intilish. Yaxlit ko‘rinishdagi devor, faqat bir tomoni tasvirlangan - agar bu yon devor bo‘lsa, uzoqlashish va muxolifat tendensiyasi mavjud. Shaffof devor – vaziyatga imkoniyat doirasida ta’sir qilishga anglanmagan ehtiyoji, mayl, havas. Vertikal o‘lchamlariga urg‘u berilgan devor – subyekt avvalambor fantaziyalarda rohatlanishini izlaydi va istalgandan kamroq voqelik bilan aloqaga kirishadi. Eshiklar Eshikning yo‘qligi – subyekt boshqalar oldida (asosan oila davrasida) o‘zini namoyon etishga intilganda qiyinchiliklarni his qiladi. Orqa yoki yon eshiklar (bitta yoki bir nechta) – chekinish, parishonlik, o‘zini olib qochish. Asosiy, katta eshiklar – ochiqlik, muloqotga kirishuvchanlik, boshqalarga bog‘liqlik. Uyning eshigi ochiq – agar uyda insonlar yashasa, bu tashqaridan iliqlikka katta ehtiyoj va samimiylik, ochiqlikni namoyon qilishga intilish. Yon eshiklar (bitta yoki bir nechta) – uzoqlashish, yolg‘izlik, voqelikni qabul qilmaslik. Sezilarli darajada o‘ziga yaqin yo‘latmaslik. Juda kata eshik – o‘zga insonlarga haddan tashqari bog‘liqlik va o‘zining ijtimoiy kirishimliligi bilan boshqalarni hayratga solishga intilish. Juda kichik eshik - o‘zining «Men»ga kiritishni xoxlamaslik. Ijtimoiy holatlarda nomuvofiqlik, noadekvatlik va jur’atsizlik hissi. Katta qulfli eshik – adovat, badgumonlik, damdo‘zlik, himoyalanish tendensiyalari. Mo‘ri va tutun Mo‘riga urg‘u berish uydagi psixologik muhitdan xavotirlanishni bildiradi, bu shuningdek erkaklik xislatini, kuch va ijodiy boshlanishni ham bildirishi mumkin. Mo‘rining bo‘lmasligi – uyda psixologik haroratning, iliqlikning yetishmasligini anglatadi Download 320.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling