Elektr yuritma tushunchasi


Elektr yuritmaning tuzilish(struktura)sxemasi


Download 12.91 Kb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi12.91 Kb.
#1208158
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektr yuritma tushunchasi-fayllar.org

Elektr yuritmaning tuzilish(struktura)sxemasi

ELEKTR YURITMANING VAZIFALARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


  • Elektr yuritma, ishlab chiqarish mashinasining ijro organiga mexanik energiyani keltirib berib, uning harakatini hosil qiladi. Shuning uchun, EYu ga qo‘yiladigan talablar IO larning harakat yo‘nalishi va uni ko‘rsatgichlarini o‘zgarishiga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqadi.

  • 2.1-jadvalda hozirda mavjud bo‘lgan asosiy texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish mashinalari to‘g‘isidagi ma’lumotlar berilgan. Jadvalning 3 ustunida esa yuritma tomonidan ta’minlanadigan va ijro organlari harakatiga qo‘yiladigan o‘ziga hos talablar ko‘rsatilgan.

  • EYu ijro organlari harakatini tarmin etish bilan birgalikda texnologik jarayonlar va operasiyalarni avtomatlashtirishning turli vazifalarini ham bajaradi.

Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari


  • 1. Elektr tokining pirovard issiqlik ta’siriga asoslangan qurilmalar. Bu guruh qurilmalariga uy ro‘zg‘or qizdirish jihozlari, bevosita va bilvosita qizdirish qarshilik pechlari, suyuqlik va gazlarni qizdirish qurilmalari - turli ko‘rinishdagi elektr qozonlari va elektrokaloriferlar, shuningdek qizdiruvchi elementlar vazifasini ishqorlar yoki oksidlar eritmalari bajaruvchi, elektrodli vannalar.

  • Metallarni elektroshlak usulida qayta eritish va elektroshlak usulida payvandlash qurilmalarining ishlash prinsipi, elektrodlar orasidagi muhitni (bo‘shliqni) to‘ldiruvchi shlaklarda elektr toki ta’sirida ajralib chiqadigan issiqlik energiyaisdan foydalanishga asoslanadi.

2. Elektr tokining pirovard elektrokimyoviy ta’siriga asoslangan qurilmalar. Bunday qurilmalar toifasiga eritma yoki qorishma bilan to‘ldiriladigan elekroliz vannalari, yuzalarga himoyalash yoki dekorativ qoplamalar beruvchi qurilmalar, shuningdek galvanoplastika usulida maxsulot olish qurilmalari va elektrolitlarda elektrokimyoviy - mexanik ishlov berish qurilmalari kiradi. 3. Elektromexanik qurilmalar. Bunday qurilmalarda ishlov berilayotgan materiallardan impuls rejimidagi tokning oqib o‘tishi mexanik kuchlar hosil bo‘lishiga olib keladi.

1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling