Elektr yuritmalarni noreversiv ishga tushirish va himoya apparatlarini o‘rganish


Download 0.9 Mb.
Sana03.12.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1798262
Bog'liq
Roboto Amaliy 5


Ishdan maqsad. Elektr yuritmalarni noreversiv ishga tushirish va himoya apparatlarini o‘rganish
Elektr yuritmani to'g'ri tanlash va hisoblash asosida ishlab chiqarish mexanizmining unumli va tejamli ishlashiga sharoit yaratiladi. Elektr yuritma yordamida mashina yoki mexanizmlami ishga tushirish, to‘xtatish va teskari tomonga harakatlantirish (reverslash) kabi o‘tkinchi hamda turg‘un ish rejimlarini qulay sharoitda bajarish vazifalari amalga oshiriladi.
Bu jarayonlaming o‘tishi, avvalo, motor aylanish tezligining uning aylantiruvchi momentiga nisbatan o'zgarish xususiyatiga qarab aniqlanadi. Bu xususiyat motor xiliga qarab turlicha bo‘ladi. Elektr motorining xillari quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanadi.
Elektr tokining turiga ko'ra o'zgarmas va o‘zgaruvchan tok motorlari bo'ladi. O'zgarmas tok motoriari, o‘z navbatida, qo‘zg‘atish chulg'amining ulanish sxemasiga ko'ra parallel, ketma-ket va aralash (shuntli, series va kompaund) qo‘zg‘atishli motorlarga bo‘linadi. O'zgaruvchan tok motoriari esa rotor bilan stator magnit maydonining bir-biriga nisbatan aylanish tezliklariga ko‘ra — asinxron va sinxron deb ataluvchi motorlarga bo'linadi. Asinxron motorlar, o‘z navbatida, rotor chulg'amiga ko‘ra qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorli (kontakt halqali) motorlarga bo‘hnadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motoriari esa rotoming tuzilishiga ko‘ra, bir va ikki katakdan iborat qisqa tutashtirilgan chulg‘amli hamda chuqur pazli motorlarga bo‘linadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar fazalar soniga ko‘ra, uch fazali va bir fazali boiadi. Motor tezhgining uning aylantiruvchi momentiga bog'lanishini ko'rsatuvchi со = f(M ) yoki n = f(M ) egri chiziqni motoming mexanik tavsifi deb ataladi.
Motorni magnit kuchaytirgich bilan boshqarish sxemalarida uni reverslash uchun yakor zanjiriga reversiv kontaktorlaming kontaktlari kiritiladi. Agar kontaktorlar yordamida reverslash tavsiya qilinmasa, u holda motomi reverslash uchun ikki komplekt magnit kuchaytirgichlami sxemaga kiritish lozim. Bunda motor yakoriga ulanadigan har bir kuchaytirgich ballast (befoyda) qarshiliklari orqah ulanishi lozim. Bunday sxemani foydali ish koeffitsienti juda past, ya’ni n = 0,5 bo'ladi. O'zgarmas tok motoriari tezligini MK li o'zgartirgichlar bilan rostlash quyidagi kamchiliklarga ega.
Elektromagnit inersiyasi ancha katta, past tezliklarda sistema kichik cos ф ga ega, kichik yuklamalarda tezlikning keskin o'zgarishi va boshqalar. Uning alzalliklari quyidagilar: kichik quwatli motorlar tezligini rostlash generator-motor (G-M) sistemasiga nisbatan ancha yuqori texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega, magnit kuchaytirgich-motor sistemasi sanoat masshtabida chiqariladigan bo'lsa, reversivmas elektr yuritmalarning foydali ish koeffitsienti G—M sistemasiga nisbatan yuqori bo'lishi, unga nisbatan ancha sodda va ishlatishda ishonchliligi magnit kuchaytirgich-motor sistemasiga istalgancha teskari bog'lanish signallarini osonlik bilan kiritish mumkinligi va boshqalar. Shularga ko'ra, magnit kuchay- tirgichlar kuchaytirgich va o'zgartgich sifatida, katta quvvatli avtomatlashtirilgan elektr yuritma sistemalarida keng qo'llaniladi.
Magnitli ishga tushirgich. Elektr motorini boshqarish uchun mo'ljallangan blok-kontaktli o'zgarmas yoki o'zgaruvchan tok kontaktorlar gruppasi hamda tugmalar stansiyasidan iborat apparat magnitli ishga tushirgich deb ataladi.
Ular reversiv va reversivmas bo'lishlari mumkin. Reversivmas magnitli ishga tushirgich orqali faqat bir tomonga aylanadigan motor boshqarilsa, reversiv ishga tushirgich orqah esa ikki tomonga aylanadigan motor boshqariladi. Magnitli ishga tushirgichlardagi kontaktorlar motoming o'tayuklanishi va, demak, motorni haddan tashqari qizib ketishidan himoyalaydigan issiqlik relelar bilan ta’minlanishi mumkin.
Umumiy korpus ichiga o'matilgan bir yoki bir necha tugma elementlari tugma stansiyasi deb ataladi (6.10- rasm).

6.10- rasm. Osma tugma stansiyasi: 1 - tugmalar; 2 - signal lampalari; 3 — tumbler; 4 — to‘xtatuvchi tugma elementi va 5 - tugma richagi.

Ularni buyruq beruvchi apparat ham deyiladi, chunki bu apparatlar yordamida operator elektr motorni boshqarish uchun turli buyruqlar (komandalar) berishi mumkin. Tugmalar tutashtiruvchi (a), ajratuvchi (b) yoki har ikkala kontaktli qihb tayyorlanishi mumkin. 6.11- rasmda tugma kontaktlarining sxemasi ko'rsatilgan.




6.11- rasm. Tugma kontaktlarining sxemasi: a — tutashtiruvchi; b — ajratuvchi; d — ajratuvchi va tutashtiruvchi tugma kontaktlari.

Sapi Majidov Elektr yuritma va uni avtomatik boshqarish asoslari
http://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12780-avtomatlashtirilgan-elektr-yuritma-haqida-umumiy-tushunchalar-uni-funksional-qismlari-va-elementlari-tavsifi
Nazorat savollari:

  1. Magnitli ishga tushirgich deb nimaga aytiladi?

  2. Magnitli ishga tushirgichning nechta turi mavjud?

  3. Elektr yuritmalarni noreversiv qanday ishga tushiriladi?

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling