Elektr yuritmalarning mexanik qismlarini inersiya momentlarini hisoblash


Download 235.7 Kb.
bet5/8
Sana17.02.2023
Hajmi235.7 Kb.
#1208191
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektr yuritmalarning mexanik qismlarini inersiya momentlarini h

8 – AMALIY MASHG’ULOT.
O’ZGARMAS TOK MOTORLARINING YAKOR ZANJIRIGA KETMA-KET VA PARALLEL QARSHILIK ULANGANDAGI TABIIY VA SUNIIY STATIK TAVSIFLARINI HISOBLASH.
Parallel qo’zg’atgichli o’zgarmas tok dvigatelining tormozlash rejimlarini o’rganish, tormozlash rejimlarida dvigatelning mexanik xarakteristikalarini hisoblashni va ularning grafiklarini qurishni o’rganish.
II. Topshiriq:
П-72 tipidagi parallel qo’zg’atgichli dvigatelning tormozlash rejimlaridagi mexanik xarakteristikalarini hisoblang va grafiklarini quring. Dvigatelning parametrlari quyidagicha:
PH = 25 Kvt
UH = 220 V
IH = 132 A
ηH = 0,86
nH = 1500 ayl / min
1. Dvigatelni dinamik tormozlash uchun uning yakoriga qanday qiymatdagi qarshilik kiritish aniqlansin.
2. Dvigatelni teskari ulab tormozlash uchun kiritiladigan tashqi qarshilikning qiymati aniqlansin.
3. Dvigatelni rekuperativ tormozlash rejimidagi aylanish tezligi aniqlansin.
III. Ishni bajarish tartibi:
1. Dvigatelning pasport kattaliklari bo’yicha uning tabiiy mexanik xarakteristikasini quring.
2. Maksimal tokning qiymatini aniqlang.
Imax = (2,0 ÷ 2,5) IH
3. Yakorning qarshiligini toping.
RЯ = 0,5 (1 – ηH) (UH / IH)
4. Dinamik qarshilik qiymatini hisoblang.
RД = (Emax / Imax) – RЯ
Bu yerda Emax = UH = 220 V deb olinadi.
5. Dvigatelni teskari ulab ishlaganda yakorga kiritiladigan qarshilik qiymatini toping, agar IЯ = 100 A va n = 1000 ayl / min bo’lsa, yakor zanjirining umumiy qarshiligi
R = (UH – E) / IЯ = (UH – CE·n) / IЯ
bu yerda
CE = (UH – IH· RЯ) / nH
Demak, yakor zanjiriga kiritiladigan tashqi qarshilik qiymati
RT = R - RЯ
6. Rekuperativ tormozlashdagi aylanish tezligini toping.
n = UH / CE + IЯ· RЯ / CE
7. Dvigatelning boshlang’ich aylanish tezligini hisoblang.
n0 = nH·UH / (UH – IH·R2)
8. Dvigatelning barcha rejimlari uchun mexanik xarakteristikalarini chizing.
IV. Vazifa:
Barcha hisoblashlarni bajaring va natijalari bo’yicha dvigatelni tormozlash rejimlaridagi xarakteristikalarning grafigini chizing. Bajarilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlang.
V. Xulosa:
Xulosada parallel qo’zg’atgichli o’zgarmas tok dvigatelini tormozlash usullarini bayon eting, tormozlash rejimlarini amalga oshirish uchun qanday tadbirlarni bajarish kerakligini izohlang.



Download 235.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling