Elektr yuritmali spidometr sxemasi Ishlash Prinsipi
Download 3.35 Kb.
|
Lab2
Elektr yuritmali spidometr sxemasi Ishlash Prinsipi. Elektrodvigatel va generator statorlarining uchtadan g‘altagi bo‘lib, ular birbiriga nisbatan 120 C burchak ostida joylashtirilgan va «yulduz» sxemasi bo‘yicha ulangan .Generator (datchik) rotori aylanganda statorning L1, L2 va L3 chulg‘amlarida faza bo‘yicha bir-biriga nisbatan 120 C ga surilgan sinusoidal EYUK induksiyalanadi. EYUK impulslari chastotasi rotorning aylanishlar chastotasiga proporsional bo‘ladi. EYUK ning musbat yarim davri biron tranzistorning bazasiga uzatilsa, ushbu tranzistorda boshqarish toki paydo bo‘ladi. Natijada, bu tranzistor ochiladi va elektrodvigatel statorining L1’ , L2’ va L3’ g‘altaklarining biriga tok manbaidan tok o‘tadi (rasmda, punktir strelkalar bilan tokning L1 g‘altakka borish yo‘li ko‘rsatilgan). Generator rotori 120 C ga burilganda, uning statoridagi boshqa g‘altakda hosil bo‘lgan EYUK impulsi ta’sirida keyingi tranzistor ochiladi. Bu holda tok manbaidan kelayotgan tok elektrodvigatel statorining ham keyingi g‘altagidan o‘tadi. Shunday qilib, elektrodvigatel statori chulg‘amlaridan tok manbaidan kelayotgan impulsli tok o‘tadi va datchik rotorining aylanish chastotasiga sinxron bo‘lgan aylanuvchi magnit maydon vujudga keladi. Bu aylanuvchi magnit maydon elektrodvigatel rotorining magnitlari bilan o‘zaro ta’sirlanib, rotorni aylantira boshlaydi. Rotor esa, o‘z navbatida, spidometrning tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlarini harakatga keltiradi. Elektrodvigatel rotorining aylanish chastotasi generator (datchik) rotorining aylanish chastotasi, demak avtomobilning harakatlanish tezligiga proporsional ravishda o‘zgaradi. R1 - R6 rezistorlar tranzistorlarni ochilibyopilish sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi Download 3.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling