Elektr zanjirlarda rezonans hodisasi


Elektr zanjirlarda rezonans hodisasining amaliy ahamiyati


Download 82.34 Kb.
bet4/4
Sana09.11.2023
Hajmi82.34 Kb.
#1759469
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr zanjirlarda rezonans hodisasi (1)

Elektr zanjirlarda rezonans hodisasining amaliy ahamiyati

Elektr zanjirlardagi rezonans hodisasi zamonaviy elektrotexnikada va ayniqsa yuqori chastotalar texnikasida keng qo‘llanadi. Bunda reaktiv kuchlanish va toklarning tebranish amplitudalari ortadi. Demak, L va S parametrli rostlanadigan tebranish konturida rezonansdan aniq chastotali signallarni kuchaytirish uchun foydalanish mumkin. YAgona zanjirga birlashib ishlayotgan turli manbalarning turli chastotalar spektrida kerakli chastotadagi signalni ajratib olish yuqoridagi xususiyatga asoslangan.


Barcha radio va televizion priemniklarning kirish qismlarida tashqi antenna bilan ulangan tebranish konturi mavjud. Bu antenna radio va televizion stansiyalar tarqatayotgan elektromagnit to‘lqinlar maydoniga joylashib, priemnikning LC tebranish konturidagi induktivlikda EYUK hosil qiladi. Parametr S ni bir tekis yoki pog‘onali rostlab, tebranish konturining xususiy tebranishlar chastotasi tanlangan stansiyaning chastotasiga sozlanadi. Bu signal rezonans hodisasi tufayli priemnikda qabul qilinayotgan stansiyaning signalini kuchaytirib, so‘ngra maxsus elektron kuchaytirgichlar yordamida yana ham kuchaytiriladi va xalaqit beruvchi o‘zga signallardan filtrlar yordamida tozalanib, priemniklarning chiqish qismlariga tovush yoki tasvir tarzida beriladi.
Kuchlanishlar rezonansi 50 Gs chastotali elektr tarmoqlarining ayrim qismlarida ham sodir bo‘lishi mumkin. Bu holda induktiv g‘altak rolini har xil transformatorlar, kondensator rolini esa o‘tkazgich simlar oralig‘idagi sig‘im, kabellarda bo‘lsa uning simlari orasidagi sig‘im bajaradi. Bunday hollarda rezonans hodisasi o‘ta kuchlanish hosil qilib, elektr tarmoqning nominal kuchlanishiga mo‘ljallangan elektr apparatlar, mashinalar va tizimlarning boshqa elementlarini buzilishiga sabab bo‘ladi. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun 0 xususiy tebranishlar konturning «sozini buzish» maqsadida elektr tarmoqlarga suniy ravishda reaktiv qarshiliklar kiritiladi.
Toklar rezonansi hodisasi esa elektr tizimlarning ishlashi uchun bir muncha qulay bo‘lib, energiya manbalarining quvvat imkoniyatidan to‘la foydalanishga imkon beradi.
Download 82.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling