Elektr zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar


Download 6.42 Kb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi6.42 Kb.
#1206220
  1   2   3
Bog'liq
Elektr zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar-azkurs.org


Elektr zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI
Fizika yo’nalishi 20.11-guruh talabasi
Abdurahimova Nodiraxonning
“Radioelektronika asoslari”
fanidan
“Elektr zanjrlari va ularning turlari”
mavzusidagi
TAQDIMOTI

ELEKTR ZANJIRLARI VA ULARNING TURLARI.

Zaryadlangan zarrachalarning tartibli oqimi (harakati) elektr toki deb ataladi. Kattaligi va yo‘nalishi vaqt birligi ichida o‘zgarmaydigan tokka o‘zgarmas tok deb aytiladi.

Elektr toki o‘tishi uchun uchta element berk zanjir, ya’ni kontur hosil qilishi zarur. Bu elementlarni EYK yoki tok manbayi, bog‘lovchi o‘tkazgich simlar va iste’molchilar tashkil etadi. Agar bu berk konturni tashkil etuvchi elementlar elektromagnit jarayonlarini EYK, tok, kuchlanish va qarshilik tushunchalari orqali ta’riflash mumkin bo‘lsa, bunday berk kontur elektr zanjiri deb ataladi. Tutashtiriladigan o‘tkazgichlarning qarshiliklari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Elektr zanjirlari deb elektromagnit jarayonlarini ifodalanishda elektr yurituvchi kuch, tok va kuchlanish tushunchalaridan foydalanish mumkin bo‘lgan, elektr toki oqishi uchun yo‘llarni hosil qiluvchi qurilmalar va ob’ektlar majmualariga aytiladi.


Elektr zanjirlarining asosiy elementlariga elektromagnit energiyasi manbalari (qisqalik uchun elektr manbalari), elektromagnit energiyani uzatish, qayta ishlash va qabul qiluvchi qurilmalar kiradi.

Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi.


Download 6.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling