Elektre energiyasini o’lchashning zamonaviy usullari


Uch fazali elektr zanjirlarida aktiv quvvatni oʻlchash


Download 14.99 Kb.
bet3/4
Sana10.11.2023
Hajmi14.99 Kb.
#1765466
1   2   3   4
Bog'liq
Elektre energiyasini o’lchashning zamonaviy usullari-fayllar.org

1.1.2. Uch fazali elektr zanjirlarida aktiv quvvatni oʻlchash
Bizga elektrotexnikaning nazariy asoslari fanidan maʻlumki uch fazali elektr zanjirlari uchun aktiv quvvatning formulasi umumiy holda (nosimmetrik yuklama) quyidagicha yoziladi:
P = PA+PB+PC = UA IA cos + UB IBcos + UC ICcos , (1.5)
agarda simmetrik yuklama boʻlsa:
P=3Pf, chunki PA=PV=PC . (1.6)
Bundan koʻrinadiki simmetrik yuklamali uch fazali elektr zanjirlarida bitta vattmetr bilan har qanday fazasi quvvati oʻlchanib uchlansa uch fazali zanjir quvvati topiladi. Buni bitta vattmetr usuli deyiladi. 1.4-rasmda isteʻmolchilari yulduz ulangan sxema keltirilgan.
Koʻp hollarda neytral nuqtaga yoki uchburchakning tomonlariga vattmetrni ulashga mumkin boʻlmay qoladi. Bunday hollarda vattmetr sunʻiy neytral nuqta orqali ulanadi. Uch fazali zanjirning quvvatini aniqlash uchun vattmetr koʻrsatgan quvvat Pw uchga koʻpaytiriladi.

P = 3Pw. (1.7)


1.4-rasm. Simmetrik yuklamali uch fazali zanjirdafaol quvvatni oʻlchash sxemasi.

Nosimmetrik yuklamali uch fazali zanjirlarda aktiv quvvatni oʻlchash uchun: uch simli boʻlsa ikkita vattmetr usuli; toʻrt simli boʻlsa uchta vattmetr usuli qoʻllaniladi. Ikkita vattmetr qoʻllash usulini sxemasi 1.5-rasmda keltirilgan.


1.5-rasm. Nosimmetrik yuklamali uch simli uch fazali zanjirdagi aktiv quvvatni oʻlchash sxemasi

1.6-rasm, 1.5-rasmdagi sxemaning vektor diagrammasi.

Ikkita vattmetrli sxemalarda aktiv quvvat vattmetrlarni koʻrsatishlari Rw1 va Rw2 ning algebraik yigʻindisiga teng boʻladi:
P = Pw1+Pw2. (1.8)
Bu ifodani toʻgʻriligini isbotlash uchun 1.6-rasmda keltirilgan 1.5-rasm sxemasining vektor diagrammasidan foydalanamiz. Yuklamalarni simmetrik deb faraz qilamiz va vattmetrlar quvvatlari uchun quyidagi ifodalarni hosil qilamiz:
Pw1=UACIAcos(300- )=UlIl sos(300- ), (1.9)
Pw2=UBCIBcos(300+ )=UlIlcos(300+ ). (1.10)

u formulani (1.8) ga qoʻyamiz:


P=Pw1+Pw2=UlIlcos(300- )+UlIlcos(300+ ),
bundan
P=UlIl2cos300cos , yoki P= UlIlcos ,
yaʻni
P=Pw1+Pw2= UlIlcos . (1.11)
SHunday qilib vattmetrlar koʻrsatishlari algebraik yigʻindisi uch fazali zanjir quvvati ekan. (1.11) ifodaning tahlilidan koʻrinib turibdiki, har bir vattmetrning koʻrsatishi faza siljish burchagi ning qiymati va ishorasiga qarab manfiy yoki musbat boʻlishi mumkin. Bundan tashqari =+600 boʻlganda Pw2, =-600 boʻlganda Pw1 qiymatlari nolga teng boʻladi. =0 boʻlganda, yaʻni yuklama aktiv qarshilik boʻlganda W1 va W2 vattmetrlarning koʻrsatishlari bir xil boʻladi.
1.7-rasmda toʻrt simli uch fazali zanjirlarda aktiv quvvatni oʻlchashni uchta vattmetrli sxemasi keltirilgan. Bu usulda zanjir quvvati uchta vattmetrning koʻrsatishlarini arifmetik yigʻindisiga teng boʻladi.
P = Pw1+Pw2+Pw3. (1.12)
1.7-rasm. Nosimmetrik yuklamali toʻrt simli uch fazali zanjirda

aktiv quvvatni oʻlchash sxemasi.


Amalda uch simli uch fazali zanjirlarda ikki elementli va toʻrt simli zanjirlarda uch elementli vattmetrlar qoʻllaniladi. Bu vattmetrlarni elementlarini zanjirga ulanishi xuddi alohida-alohida ulangan bir fazali vattmetrlar ulanish kabi boʻladi.




      1. Download 14.99 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling