135.Transformatorli podstansiyada transformatorlarning soni, odatda, nechtagacha bo‘lishi mumkin?
A.1 ta;
B. 2 tagacha;
V. 3 tagacha;
G. 4 tagacha.
136.Elektr tarmog‘i korxonasining vazifasi nimadan iborat?
A.o‘z qaramog‘idagi elektr tarmog‘ini ishlatish;
B.o‘z qaramog‘idagi elektr tarmog‘ini loyihalash;
V.o‘z qaramog‘idagi elektr tarmog‘ini montaj qilish;
G.o‘z qaramog‘idagi elektr tarmog‘ini ishga tushirish.
137.Podstansiyalarga tezkor xizmat ko‘rsatishda xizmat ko‘rsatishning nechta shakli qo‘llanilishi mumkin?
A. 2 ta;
B. 3 ta;
V.4 ta;
G.5 ta.
138.Markaziy dispetcherlik xizmatida qanday guruhlar ma jud bo‘ladi?
A.holatlar va tezkor-dispetcherlik guruhlari;
B.releli himoya va avtomatika guruhlari;
V.tezkor ta’mir va himoya guruhlari;
G.holatlar va himoya guruhlari.
139. Elektr tarmoqlari korxonasida texnik pasportlar qanday jihozlar uchun tuziladi?
A.kuch va o‘lchov transformatorlari uchun;
B.faqat asosiy jihozlar uchun;
V.faqat yordamchi jihozlar uchun;
G.asosiy va yordamchi jihozlarning har bir turi uchun.
140. 100V gacha kuchlanishli havo liniyalari daraxtzor va ko‘kalamzorlarni kesib o‘tganda sim va daraxt yoki butalargacha kamida qancha masofa saqlanishi shart?
A.1m;
B.2 m;
V.3 m;
G.4 m.
141. Havo liniyalarining burilish joylarida burchak tayanchlarining tirsaklari qanday holda joylashtiriladi?
A.burilish burchagi bissektrisasiga perpendikular holda;
B.burilish burchagi medianasi bo‘ylab;
V.burilishgacha bo‘lgan yo‘nalishga perpendikular ko‘ri- nishda;
G.burilish burchagi bissektrisasi bo‘ylab.
142. 1000 V gacha kuchlanishli havodagi elektr uzatish liniyalarini ko‘rikdan o‘tkazish elektr montyor tomonidan qanday davriylikda amalga oshiriladi?
A.har olti oyda kamida bir marta;
B.har ikki oyda kamida bir marta;
V.har yili kamida bir marta;
G.har oyda kamida bir marta.
Do'stlaringiz bilan baham: |