Электрод потенциаллари. Гальваник элементлар. Режа
Download 323.39 Kb.
|
elektrod potentsiallari. galvanik el
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vodorod elektrod
- Vodorod elektrod yordamida metallning elektrod potensialini o’lchash uchun yig’ilgan qurilma
Me0 ⇄ M+n + nē
Agar metall plastinkani suvga botirilsa, plastinka yuzasidagi metall ionlarining qandaydir qismi qutbli suv molekulalari ta’sirida gidratlangan ionlar holida eritmaga o’tadi: Men+ + mH2O ⇄ Men+ • mH2O ikkala tenglamani umumlashtirgan holda Me° + mH2O ⇄ [Me(H2O)m]n+ + nē yozish mumkin. Bu jaray on metallning elektron yo’qotishi — oksidlanishi va gidratlangan metall ionlari elektronlarni o’ziga biriktirib plastinka yuzasida metallning qaytarilishi bir vaqtning o’zida yuz beradi. Metallning muvozanat elektrod potensiali Muvozanat vaziyatida eritmaga qancha metall ionlari o’tgan bo’lsa, shuncha miqdorda ular eritmadan plastinka yuzasiga qaytib o’tadi, shunday vaziyatda dinamik muvozanat qaror topadi. Natijada metallning yuza qatlamida manfiy zaryad, shu zaryad eritmadagi musbat zaryadlangan metall ionlarini o’ziga tortib turishi natijasida metall bilan eritma chegarasida qarama- qarshi zaryadlardan tashkil topgan qo‘sh elektr qavat paydo bo’ladi. Agar shunday plastinkani suvga emas, shu metallning tuzi eritmasiga tushirilsa, eritmadagi ionlarning bir qismi metall yuza qatlamida to‘planadi va plastinka yuzasida musbat zaryad paydo bo‘ladi, u eritmadan tuzning manfiy zaryadlangan anionlarini tortib turadi, yana faqat ishoralari teskari bo‘lgan juft elektr qavat paydo bo’ladi. Eritmaga tushirilgan plastinkani elektrod deb, metall-eritma chegarasida paydo bo’lgan potensialni metallning muvozanat elektrod potensiali deb ataladi. Standart vodorod elektrodi Vodorod elektrod Metallning standart elektrod potensiali metall plastinkasi bilan konsentratsiyasi 1 mol bo’lgan shu metall tuzi eritmasi chegarasida standart sharoitdagi potensialiga teng bo’ladi. Elektrod potensialining qiymatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o’lchab bo’lmaydi, uning kattaligini bironta standart elektrodga nisbatangina aniqlash mumkin. Shu maqsadda potensiali o’lchanishi kerak bo’lgan element bilan standart elektroddan galvanik element tuziladi va uning elektr yurituvchi kuchi EYUK o’lchanadi. Standart elektrod sifatida potensiali nolga teng deb qabul qilingan vodorod elektrod olinadi ( 2-rasm). Vodorod elektrod sulfat kislotaning 1 normal eritmasiga tushirilgan kukun holdagi platina bilan qoplangan platina elektroddan iborat. Bu elektrodga toza vodorod oqimi 101,325 kPa bosim ostida yuboriladi. Elektrodda platina kukuni katalizatorligida H2 molekulasi atomlarga parchalanadi va shu elektrod yuzasida kislota eritmasidagi H+ ioni orasida muvozanat qaror topadi: H ⇄ H+ + ē. Demak, bu elektrodda vodorodning oksidlanishi (H+) va uning qaytarilishi kuzatiladi (bu jarayonda platina ishtirok etmaydi, u faqat atomar vodorod hosil qilishdagina qatnashadi). Metalllarning elektrod potentsiallarini o’lchash Vodorod elektrod boshqa elementlaming elektrod potensialini o’lchash uchun zarur: Vodorod elektrod yordamida metallning elektrod potensialini o’lchash uchun yig’ilgan qurilma Vodorodga nisbatan aktiv metallarning potensiallari manfiy zaryad bilan, unga nisbatan passiv bo’lgan metallarniki musbat zaryad bilan belgilanadi. Metallning ionlanish energiyasi kichik va gidratlanish energiyasi katta bo’lgan sari metallning oksidlanishi oson sodir bo’ladi. Shu bilan birga, musbat zaryadlangan aktiv metall ioni qanchalik oson elektron yo‘qotgan bo’lsa, shunchalik ionning oksidlovchilik xossasi kichik bo’ladi. Shu sababli, ishqoriy metallarning qaytaruvchilik xossalari yuqori, elektrod potensiallari kichik, ionlarining oksidlovchilik xossalari zaif bo’ladi. Ularning ionlarini faqat suvsiz sharoitda elektr toki vositasida qaytarish mumkin. Aksincha, kumush, oltin va platina kabi metallarning ionlanish potensiallari, elektrod potensiallari yuqori; qaytaruvchilik xususiyatlari zaif bo’lgan ionlarining oksidlovchilik xossalari ham nisbatan yuqori bo’ladi. Ularning ionlari elektrod potensiallari kichikroq bo’lgan metall atomlarini oksidlashi mumkin: Download 323.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling