Elеktrodda sodir bo`ladigan jarayonlar. Nеrnst tеnglamasi. Galvanik elеmеntlar. EyuK
Download 1.5 Mb.
|
zo\'riiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalomel elektrodi
Vodorod elektrodi
Agar platinalangan platina 1 at (101 kPa) vodorod bosimida to’yintirilsa va vodorod ionlarining kontsentratsiyasi 1 ga teng (1 g ekv, 1N, 1 mol) bo’lsa va eritmaga tushurilsa, hosil bo’lgan vodorod elektrodi - normal vodorod elektrodi deyiladi. Uning potentsiali shartli ravishda nul deb qabul qilingan. Boshqa standart (normal) elektrodlar potentsiali normal vodorod elektrodlariga taqqoslab o’lchanadi. Quydagi jadvalda ayrim elektrodlarning standart potentsiallari keltirilgan (T=198 K, muxit - suvli). Suvli muxitdagi standart elektrod potentsiallari
Vodorod elektrodi yasashda platina plastinkasi elektroliz usuli bilan g’ovak platina qatlami bilan qoplanadi. Bundan asosiy maqsad, platina sathini oshirish, vodorod gazini yaxshi adsorbtsiyalanishini, yutilishini ta’minlashdir. Platina sathiga shimilgan vodorod molekulasi, qisman atomlarga dissotsialanadi: 2H 2H+ + 2o’. Potentsial saqlovchi H2 2H+ chegarasida hosil bo’ladi. Boshqacha tushuntirish bo’yicha, platinada erigan vodorod, qisman platina atomlarining maydon kuchlari ta’sirida proton va elektronlarga dissotsialanadi: H2 2H+ + 2e-. Natijada platina plastinkasi eritma bilan vodorod ioni almashtirish qobiliyatiga ega bo’ladi: H+ (Pt) + H2O H3O+ (Pt) Hosil bo’lgan potentsial eritmadagi vodorod ionlarining va plastinkadagi vodorodning aktivligiga bog’liq: 2H3Oeritma +2e H2 (Pt) + 2H2O Platinadagi vodorod aktivligi gaz xolidagi vodorod bosimiga to’g’ri proportsionaldir. Vodorod bosimi qancha katta bo’lsa, shuncha ko’p vodorod platinada erildi: H2 gaz H2 eritma H2 (Pt) 2H+ Normal vodorod elektrodi taqqoslash elektrodi sifatiga qo’llanishi mumkin: ZnZn++[H+]=1Pt,H2 II - tur elektrodlari Metal o’zining qiyin eriydigan tuzi eritmasiga tushurilsa va eritmadi yana yaxshi eriydigan tuz bo’lsada, uning anioni, yomon eridigan tuz anioniga monand bo’lsa, hosil bo’lgan elektrod II-tur elektrodi deyiladi. Masalan, Ag||AgCl, KCl; Hg||Hg2Cl2, KCl. II-tur elektrodlarining potentsiali yaxshi eriydigan tuz kontsentratsiyasiga bog’liq va anionga nisbatan qaytar bo’ladi: Kalomel elektrodi laboratoriyalarda ko’p qo’llaniladi. Uch xil kalomel elektrodi bo’ladi: 1) normal 1N [KCl] 0,1N [KCl] bo’yingan KCl eritmasi platina mis simi shisha trubkasi KCl eritmasi pasta simob
II-tur elektrodlarining potentsiali turg’un. Temperatura o’zgarishi bilan xam kam o’zgaradi:
Ularning potentsiallari yillar tursa xam o’zgarmaydi. SHuning uchun kalomel elektrodi vodorod elektrodi o’rnida taqqoslash elektrodi sifatida ishlatiladi. YAna Hg|HgO,KOH mavjud (simob oksidi) Odatda to’yingan KCl eritmasini saqlovchi kalomel elektrodi ko’proq qo’llaniladi. Agar aniq o’lchashlar lozim bo’lsa, 1N KCl eritmasi xam ishlatiladi. Biror bir elektrod potentsiali aniqlanadigan bo’lsa, masalan mis elektrodniki, kalomel elektrodi bilan zanjir tuziladi: Hg Hg2Cl2 CuSO4 Cu kal Cu E = Cu - kal E kompensatsion usulda topiladi, kal spravochniklardan olinadi Cu = T + kal tenglamasi orqali mis elektrodining potentsiali topiladi. Xuddi shu kabi rux elektrodining potentsialini topish mumkin: Zn ZnSO4 Hg2Cl2, KCl Hg Zn kal E= kal - Zn ; Zn = kal -E III-Oksidlanish-qaytarilish (redoks) elektrodlari va zanjirlar. Inert metall (Ag, Pt) biror bir oksidlangan-qaytarilgan shakldagi ionlar saqlovchi eritmaga tushirilishi natijasida hosil bo’lgan potentsial oksidlanish-qaytarilish yoki redoksi potentsial deyiladi. Inert metall (Ag, Pt) biror bir ionning oksidlangan va qaytarilgan shakllarini saqlovchi eritmaga tushirilgan bo’lsa, hosil bo’lgan elektrod oksidlanish-qaytarilish yoki redoksi elektrodi deyiladi. Redoksi elektrodlardagi inert metall eritma bilan na kation va na anion almashmaydi, faqat eritmada erigan moddalar orasida sodir bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasi uchun elektron olish yoki berish ta’minlab beradi. Masalan: Pt | Fe+++, Fe++, Pt | Cr+++, Cr++ Platinani oksidlangan-qaytarilgan shakllarni saqlovchi eritmalarga tushirilsa, oksidlanish-qaytarilish potentsiali vujudga keladi. U qanday vujudga keladi? Fe++++ 1e Fe++ (Fe++ Fe++++ 1e). Demak, sabab, yuqoridaki tenglamaga binoan, sistemaga elektron berilsa, reaktsiya o’nga, agarda elektron sistemadan olinsa, muvozanatni chapga siljitadi: Fe++++ 1e Fe++ - 1e, inert metall redoks o’z elektronini berishi yoki aksincha qabul qilib olishi mumkin. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling