Elеktrodda sodir bo`ladigan jarayonlar. Nеrnst tеnglamasi. Galvanik elеmеntlar. EyuK
Download 1.54 Mb.
|
9-10 марузаElektrod potentsiallari va elektr yurituvchi kuch
Vodorod elektrodi Agar platinalangan platina 1 at (101 kPa) vodorod bosimida to’yintirilsa va vodorod ionlarining kontsentratsiyasi 1 ga teng (1 g ekv, 1N, 1 mol) bo’lsa va eritmaga tushurilsa, hosil bo’lgan vodorod elektrodi - normal vodorod elektrodi deyiladi. Uning potentsiali shartli ravishda nul deb qabul qilingan. Boshqa standart (normal) elektrodlar potentsiali normal vodorod elektrodlariga taqqoslab o’lchanadi. Quydagi jadvalda ayrim elektrodlarning standart potentsiallari keltirilgan (T=198 K, muxit - suvli). Suvli muxitdagi standart elektrod potentsiallari
Vodorod elektrodi yasashda platina plastinkasi elektroliz usuli bilan g’ovak platina qatlami bilan qoplanadi. Bundan asosiy maqsad, platina sathini oshirish, vodorod gazini yaxshi adsorbtsiyalanishini, yutilishini ta’minlashdir. Platina sathiga shimilgan vodorod molekulasi, qisman atomlarga dissotsialanadi: 2H 2H+ + 2o’. Potentsial saqlovchi H2 2H+ chegarasida hosil bo’ladi. Boshqacha tushuntirish bo’yicha, platinada erigan vodorod, qisman platina atomlarining maydon kuchlari ta’sirida proton va elektronlarga dissotsialanadi: H2 2H+ + 2e-. Natijada platina plastinkasi eritma bilan vodorod ioni almashtirish qobiliyatiga ega bo’ladi: H+ (Pt) + H2O H3O+ (Pt) Hosil bo’lgan potentsial eritmadagi vodorod ionlarining va plastinkadagi vodorodning aktivligiga bog’liq: 2H3Oeritma +2e H2 (Pt) + 2H2O Platinadagi vodorod aktivligi gaz xolidagi vodorod bosimiga to’g’ri proportsionaldir. Vodorod bosimi qancha katta bo’lsa, shuncha ko’p vodorod platinada erildi: H2 gaz H2 eritma H2 (Pt) 2H+ Normal vodorod elektrodi taqqoslash elektrodi sifatiga qo’llanishi mumkin: ZnZn++[H+]=1Pt,H2 Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling