Elеktrodda sodir bo`ladigan jarayonlar. Nеrnst tеnglamasi. Galvanik elеmеntlar. EyuK


Download 1.54 Mb.
bet32/34
Sana09.06.2020
Hajmi1.54 Mb.
#116497
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
9-10 марузаElektrod potentsiallari va elektr yurituvchi kuch



Demak, E = Cu - Zn bo’lgani uchun potentsiallar farqi ham kamayadi. Bu polyarizatsiyadir. Demak galvanik elementni ishlash borasida potentsiallar farqini o’zgarishi polyarizatsiya (qutblanish) hodisasidir. Uni ushbu grafik bilan ifodalash mumkin:




Galvanik element ishlashi vaqtida elektrodining manfiy qiymati ortadi. Cgning musbat qiymati kamayadi. Galvanik elementda polyarizatsiya xodisasi sodir bo’ladi. EYuK kamayadi. Potentsial siljishi (polyarizatsiya) galvanik element elektrodlari satxida kontsentratsiya o’zgarishi bilan sodir bo’lishi mumkin. Bu kontsentratsion yoki diffuzion polyarizatsiyadir. Polyarizatsiya elektrokimyoviy reaktsiya orqali ro’y berishi mumkin. Bu elektrokimyoviy polyarizatsiyadir. Buni tushunish uchun elektroliz protsessini ko’rib chiqaylik.



CdCl2 eritmasi bilan to’ldirilgan vannaga ikkita platina plastinkasini ozgina tushursak va ozgina potentsiallar farqini hosil qilsak. Tuzning parchalanishi sodir bo’lmaydi. Chunki zanjirda hosil bo’lgan tok tezda to’xtaydi. CHunki elektrometrik vannaning dastlabki sxemasi:



elektroliz ta’sirida o’zgaradi:



Yangi sistemaga, yangi galvanik element deb qarash mumkin. Bu galvanik element teskari yo’nalishda tok beradi.



Elektrodlar orasida elektroliz natijasida vujudga keladigan EYuK polyarizatsiya EYuKi deyiladi. Bu EYuK qiymati elektrodlar potentsiallaridan keltirib chiqarish mumkin. Masalan: normal element bo’lsa,

shunday qilib:



Binobarin, tashqaridan berilayotgan tok 1,76V ga tenglashguncha elektroliz sodir bo’lmaydi.



Elektrokimyoviy parchalanishni boshlab beradigan, hosil bolgan galvanik element EYuKiga teng bolgan kuchlanish parchalanish potentsiali yoki parchalanish kuchlanishi deyiladi.

Parchalanish kuchlanishi shunday minimal kuchlanish qiymatiki, elektroliz maxsulotlarini ajratish uchun elektrodlarga berilgan eritma orqali beto’xtov tok o’tishiga etarli bo’lgan kuchlanishning minimal miqdori parchalanish kuchlanishidir.


Polyarizatsiyani aniqlash sxemasi

O’tayotgan tok ampermetr bilan o’lchanadi. Elektrodlar kuchlanishi Voltmetr bilan o’lchanadi.



Parchalanish kuchlanishining grafik ko’rinishi:

Elektrodga berilgan tashqi kuchlanish (E) ortishi bilan yacheyka orqali tok o’tadi (bu qoldiq tok). Tashqi kuchlanishni keyingi ortishi tok kuchini keskin ortishiga olib keladi. U kuchlanishga proportsional tarzda ortadi. Parchalanish kuchlanishining qiymati elektroliz mobaynida ajralgan maxsulotlar tabiatiga bog’liq. Misol uchun kislorodli kislotalar va ishqorlar parchalanish kuchlanishi  teng (1,76V). CHunki xar ikkalasida ham elektroliz mobaynida elektrodlarda vodorod va kislorod ajraladi. Binobarin bitta vodorod-kislorod zanjiri hosil bo’ladi. NTashqi EYuKga qarshi

Pt(H2)+  kislota yoki ishqor eritmasi  Pt(O2)-

Elektrolizni normal sodir bo’lishi uchun elektrodlarga galvanik element EYuK teng tashqi EYuK berilishi kifoyadek tuyuladi. Biroq aslida parchalanish kuchlanishi polyarizatsiya EYuKdan katta bo’ladi.

Parchalanish kuchlanishi va tegishli galvanik element EYuK orasidagi farq o’ta kuchlanish deyiladi.

Misol, kislorodli kislotalar eritmasining parchalanish kuchlanishi 1,7V; polyarizatsiya EYuK vodorod-kislorodli zanjir uchun 1,07V:

1,7-1,07=0,63V bu o’ta kuchlanishdir.

=ER- E0

 - o’ta kuchlanish

ER- parchalanish kuchlanishi

E0- polyarizatsiya EYuK.

Tajriba yo’li bilan berilgan elektrolitlarning parchalanish kuchlanishinigina emas, balki ayrim ion uchun aloxida-aloxida kuchlanish qiymatini topish mumkin. Bu vaqtda parchalanish potentsiali o’rniga berilgan elektroddagi u yoki bu ionning ajralish potentsiali (potentsial vыdeleniya) degan termin ishlatiladi. “O’ta kuchlanish” termini ayrim elektrod protsesslariga ham qo’llaniladi.



Elektrodlarning o’ta kuchlanishi deb ionning ionsizlanish potentsiali va uning muvozanatdagi potentsiali orasidagi farq tushuniladi.

Masalan platinadagi vodorodning muvozanatdagi potentsiali 0 V ga teng. Vodorod ionining zaryadsizlanishi (potentsial razryada) silliq platinadagi 0,25V. Demak, silliq platinadagi vodorodning o’ta kuchlanishi

Ko’pchilik metalllarning ajralish potentsiali ushbu metall va uning tuzi eritmasi (ma’lum kontsentratsiyadagi) orasidagi muvozanatdagi potentsialga teng. Ya’ni metallning o’ta kuchlanish qiymati juda kichik. FFo’ , Co , Ni bundan mustasno. Gazlarning o’ta kuchlanish qiymati elektrod materialiga, uning satxiga, muxitga, tok zichligi (plotnost) ga (tok zichligi- satxdagi amperlar soni), xaroratga va boshqa faktorlarga bog’liq.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling