Polyarografik tahlil usuli.
Demak, biz elektrokimyoviy tahlil usullaridan elektr o’tkazuvchanlikka asoslangan konduktometrik tahlilni va potentsiallar skachokgini aniqlashga asoslangan potentsiometriyani bilamiz. Elektrokimyoviy tahlilning yana biri polyarografiyadir.
Polyarografik usul suyultirilgan eritmalarda tok kuchining kuchlanishga bog’liqligini o’rganishga asoslangan. Demak, potentsiometriyada sistemaga tashqaridan tok berilmasa, polyarografiyada tashqaridan tok berilishi shart (sxema).
fon sifatida Na2SO4 kabi I - gurux metalllarining yaxshi eruvchan tuzlarini olish mumkin. Agar tashqaridan berilayotgan kuchlanishni o’zgartirib (qarshilik yordamida) voltmetr bilan o’lchab borsak, milliampermetrning o’zgarib borishi kuzatiladi. Tok kuchi J ning O’ ga bog’liqlik grafigi polyarizatsion egri chiziq yoki polyarogramma deyiladi
Agar eritmada faqat Na2SO4 suvli eritmasi bo’lsa, O’ ni o’zgartirish bilan quyidagi grafikni olish mumkin.
Grafikda to 1,7V gacha egri chiziqning bir xilda o’sib borishi, xali eritmada elektroliz boshlanmaganligini ko’rsatadi. 1,7V dan so’ng egri chiziqning birdan ko’tarilishi tok kuchini ortishi elektroliz boshlanganligidan dalolat beradi. Ammo eritmadan elektrodga Na+ ioni ajralib chiqa boshlaydi degani emas. CHunki Na, K, Li kabi metalllarni ion xolda metallga o’tkazish uchun 2V dan ko’proq kuchlanish kerak. Bu tok kuchining ortishi, eritmadagi H+ ionining qattiqligiga bog’liq. Demak katod reaktsiyasi: N+ + e N
N + N N2 ko’rinishda bo’ladi.
Agar shu Na2SO4 eritmasiga ozgina eritmasidan ZnSO4 qo’shib kuchlanish E ni boshqatdan noldan boshlab oshirsak, quyidagi egri chiziqni olish mumkin (1), kontsentratsiyasini oshirsak (2), agar Zn++ o’rniga Fe++ qo’shsak (3) egri chiziqlarni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |